Ayoliga taom edirish

Assalomu alaykum! Bir tanishim bilan suxbat qurgandik. Shunda uyida ota-onasi bilan turishini va kamdan kam vaziyatda ayoli uchun ko‘chadan taom olib kelishini aytdi. Sababini so‘rasam, ayoli ovqat eya olmaganini va boshqa sabablarni keltirdi yoki taom etmaganini yoki kungli o‘shani tusaganini aytdi. Shunda ota onanga xam olib kelasanmi deb surasam, yo‘q deb javob berdi. Shunda, ayolinga edirgan barcha taominga xarom bo‘libdi deb yubordim. Keyin esa o‘ylab ko‘rib noto‘g‘ri aytmadimi deb qo‘rqib qoldim. Xalolni xarom, xaromni xalol deganlar dindan chiqishini xammamiz bilamiz. Shu to‘g‘risida aniqlik kiritib bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu kabi gap bilan modomiki e’tiqod qilmas ekansiz dindan chiqmaysiz. Lekin tez tavba qiling va bundan keyin bunaqa jur’atli bo‘lmang.  عَنْ عُبَيْدِ الله بْنِ أَبِي جَعْفَرَ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: أَجْرَؤُكُمْ عَلَى الْفُتْيَا أَجْرؤُكُمْ عَلىَ النَّارِ. رَوَاهُ الدَّارِمِيُّ Ubaydulloh ibn Abu Ja’fardan rivoyat qilinadi:
«Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Fatvoga jur’atli bo‘lganingiz do‘zaxga jur’atli bo‘lganingizdir», dedilar».
Dorimiy rivoyat qilgan.
Kim do‘zaxga tushishdan qo‘rqmasa, parvo qilmasdan to‘g‘ri kelgan fatvoni aytaveradi.
Ushbu ta’limotlar musulmonlarning avvalgi avlodlari tomonidan yaxshi o‘rganib chiqilgan, ularga amal qilingan va ular asosida maxsus qoidalar ishlab chiqilgan edi.
Abdurrohman ibn Abu Laylo bir masalani so‘rab bilib olish uchun bir yuz yigirmata sahobiyga murojat qilganini, ularning hammasi o‘zidan boshqadan so‘rashni tavsiya qilganlarini rivoyat qilgan.
O‘zidan ilmliroq kishining borligini bilgan olim ham o‘zi fatvo bermay mazkur bilmliroq kishidan so‘rashni maslahat berishi qoidaga kiritilgan.
Musulmonlar ushbu qoidaga qarshi chiqqanlarga nisbatan murosasiz kurash olib borganlar va shuning uchun ham, turli ixtiloflar hamda balo ofatlardan saqlanganlar.(“Din nasihatdir” kitobidan). Vallohu a’lam!

12 May 2022, 00:01 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar