Er xotin musofir bo‘lsa
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, ayol kishi turmush o‘rtog‘i bilan chet elda yashasa, ayol xam namozni qasr qilib o‘qiydimi? Agar o‘qisa, namozni qasr qilib o‘qish qanday bo‘ladi? Javobingiz uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Erining holi bilan bir xil bo‘ladi. Agar eri birga kelib birga ketish niyati bo‘lsa eri musofir bo‘lsa ayoli ham musofir bo‘ladi. Agar er ayolni musofir shaharga tashlab o‘zi boshqa joyga ketadigan bo‘lsa, ayol 15 kecha-kunduzdan uzoq turadigan bo‘lsa muqim bo‘ladi. Qasr qilib o‘qish, faqat to‘rt rak’atla farz namozlarni ikki rak’at qilib o‘qishdir. Bir ayol safar masofasidan uzoq masofadagi joyga biron ish bilan yoki davolanish uchun borib, o‘n besh kundan ortiq turishni niyat qilsa, muqimga aylanadi. Eri ayoli bilan birga turmasdan, shar’iy masofadan qatnab tursa, ayolining oldiga kelishi bilan muqimga aylanmaydi (Imdodul ahkom). Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 05:10 | Savol-javoblar | 165 | Ibodatlar