Gunoxmi?

Assalomu alaykum! Meni qaynotam zavodda oshpaz bo‘lib ishlaydilar. Uyga go‘sht, yog‘ yana boshqa maxsulotdar xam olib keladilar. Ishchilarni xaqqi deb o‘ylayman. Yog‘siz go‘shtsiz ovqat pishirolmayman, yana shuncha narsani nima xam qila olaman. Kimdirlarga shu maxsulotlardan tarqatsam bo‘ladimi? Qanday yo‘l tutay, Alloh kechirsin shu kungacha eb kelmoqdaman. Maslaxat beringizlar iltimos. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar o‘sha narsalarni nohaq olgan bo‘lsa, kimlargadir emas aynan o‘sha zavodga qaytarib berasiz. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 00:01 | Savol-javoblar | 177 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar