Bay’boshi
Assalomu alaykum! Bir tanishim mendan savol so‘radi. Quyidagicha: Men ikkinchi uyimizni pul juda keragligi uchun sotayotgan edim. Bir xaridor kelib narxi va pulni qachon berilishi haqida kelishishipti. Kelishilgan kun payshanba ekan. Xaridor aytipti: "Agar man bu 1 million so‘m pul Bayboshi(zaklad) va Agar men shanba kungacha kelmasam shu pul sizlarga". Keyin shanba kuni kelipti va xaridor biz uyni notarius orqali rasmiylashtirib keyin jami pulni beramiz debti. Shu kunlar Mustaqillik bayrami munosabati bilan hamma ishlamayotgan edi va dushanbagacha kutishni qaror qilibti. Dushanba kuni meni do‘stim: "Nima bo‘ldi, pul juda zaril bizdan boshqa qimmatroq xaridor uyni so‘rayapti" desa Xaridor1 : "Hozi kech bo‘ldi ertaga" depti. Do‘stim yana: "Hozi kel ulgurasan notariusga. San bizga 1 million pul bergansan, bizga pul juda zarl uyni boshqaga bermoqchimiz" depti. Xaridor: "O‘sha pul ham sizga ham uyni beraverin" depti. Shu gapdan keyin haligi do‘stim uyni qimmatroqga so‘rayotgan (lekin bo‘lib to‘lashga) xaridorga berishga qaror qilibti. Va oxirgi marta yana avvalgi xaridorga telefon qilsa: "Uyda hech kim yo‘q men hozi bora olmayman" depti. Ular menda haligi 1 million biz uchun halolmi deb so‘rashdi. To‘g‘risi sizlardan birinchi so‘rab keyin aytaman degan edim lekin pulni tezroq chet el universitetga to‘lash kerak edi va men ular bilan bu narsalarni telefon orqali eshitganim sababli buni javobini hozi berish kerak deb "bu pul sizlarniki" dedim. Men u odam o‘zi shartnomani buzipti, ustiga-ustak agar vaqtida kelmasam o‘sha pul sizlarga bo‘ladi degan ekan. Shularni o‘ylab ham u pul endi sizniki, shuning uchun siz u odam bilan aloqani to‘xtatib uyni sotaverin dedim. Savol: 1). Men to‘g‘ri ish qildimmi? 2). Agar xaridor keyingi safar ham pul sizlarga deb aytmaganda o‘sha pulni qaytarib berish kerak bo‘lar edimi? 3). Shu erda orada hech qanday pul qo‘yilmasdan men falon kuni kelaman desa va kelmasa uyni boshqasiga bersa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Noto‘g‘ri ish qilgansiz. Masala borasida shar’iy hukmni aniq bilmasangiz javob bermasligingiz kerak edi.2). Har qanday holatda zaklad pulini qaytarish kerak. Haridor zaklad pulini sotuvchida qoldirishga majbur emasligini bila turib hadya sifatida qoldirsagina olib qolish joiz.3). Savdo qilingan bo‘lsa va savdogar yoki xaridor “falon kungacha puli to‘lanmasa savdo yo‘q” ko‘rinishida shartlashishmagan bo‘lsa uyni boshqaga sotib yubora olmaydi. Vallohu a’lam!
27 Oktabr 2022, 08:10 | Savol-javoblar | 265 | Halol va harom