Shirk bor kitobni o‘qish

Assalomu alaykum! Ba’zi chet el kitoblarida shirk, zino va shunga o‘xshash islomda xarom qilingan narsalar yozilgan, masalan folbinlarga fol o‘chtirish yoki ikki nomaxramlar bir biriga teginishi xaqida qisqa bo‘lsada, lekin yozilgan. Shu narsalari bor kitoblarni o‘qishimiz joizmi? Yoki ayni xarom qilingan narsalarni o‘qimasdan qolgan erini o‘qisak bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Inson idish hisoblanadi. Uning ichiga ko‘z, quloq, og‘iz va burun orqali narsa kiradi. Nima bilan to‘ldirilsa o‘sha narsa uni harakatlantirishni boshlaydi. Shuning uchun fahsh film yoki maqolalarni ko‘rgan va o‘qiganlari hayotida o‘z izini qoldirib, uni aqiydasi, ibodati va hatto hayotida ham faxshlarni kuzatishingiz mumkin. Yoshligida harom eb katta bo‘lganlar qarisa ham haromdan o‘zini tiyolishmayapti. Inson badbo‘y narsani yonidan o‘tganida burnini berkitganidek axlatni ko‘rganida ko‘zini yumganidek ma’naviy axlatlar oldidan o‘tayotganda ham ko‘zini yumishi shart. Oyat va hadislarni o‘qib katta bo‘lganlar o‘zlaridan hikmat va ilm qoldirishmoqda. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 00:01 | Savol-javoblar | 154 | Kitoblar
|
Boshqa savol-javoblar