Namozdagi yana bir holat

Assalomu alaykum! Nomozni alohida jamoatsiz o‘qiyotgan odam jahriy o‘qilishi kerak bo‘lgan namozni maxfiy o‘qisa ham joiz deb o‘qigandim. Sizlar 3 rakatni maxfiy o‘qib keyin esimga tushib 4-rakatni jahriy o‘qidim deb berilgan savolga namozni qaytadan o‘qing deyilipti. Unda men o‘qiganlarim noto‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz noto‘g‘ri tushunibsiz. U erda jahriy-maxfiy emas, balki og‘zim yumuq tilimni ham qimirlatmay o‘qidim deyilgan. Qiroat degani maxfiy namozda eng kami o‘qiganini o‘zi eshitadigan darajada bo‘lishi kerak. O‘zi eshitmasa yoki hayolidan o‘tkazib o‘qisa qiroat sanalmaydi va farz ado bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 17:21 | Savol-javoblar | 146 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar