Biznes-treningchilar
Assalomu alaykum! Hozirda biznes-treningchilar ancha ko‘payib ketdi. Ularning aksariyati hadisdan, oyatlardan gapirib ijtimoiy tarmoqqa joylayapti. Lekin, bir oylik biznes-treningida qatnashish puli otni kallasidek. Ayni shular haqida dinimiz nima deydi? Har bir ishni mutaxassislari qilgani kerak emasmi? Ikkinchi savolim: ba’zi bir rivoyatlarda bir odam falon ishni qilgan ekan jannatga kiribdi, falon ishni tark qilgani uchun Alloh uni jazolamapti deb eshitib qolamiz. Aytingchi bular shunchaki ibrat uchunmi, axir Allohning kalomi, rasulining hadisi biz uchun asosiy manba emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Borib ko‘rmaganmiz. Axloq va odobga oid masalalarda to‘g‘ri rivoyat va hadislardan foydalanish joiz. Hozir pul uchun hattoki shariat ilmlari ham oyoq osti qilingan holatlar bor. Rivoyatlarni sanadi sahihi bo‘lsa, keyin olinadi. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 00:01 | Savol-javoblar | 155 | Dolzarb savollar