Harom ishlar
Assalomu alaykum! Men Yaponiya davlatida o‘qish uchun kelganman. Bu erda o‘qishdan tashqari ishlab uyga xam pul yuborib turaman. O‘zi kelishdan maqsad ishlash edi. Bu erda magazinda ishlayman, u erda ichkiliklar sotiladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ichganni, tashiganni, sotganniyam lanatlagan hadisini o‘qib qolib u erdan chiqib MsDonaldsga ichkilik sotilmaydigon joyda ishlamoqchi edim, lekin u erda cho‘chqa go‘shtini xam ishlatishadi. Men xam ba’zida tayyorlayman. Do‘stim u erda ishlash xam harom magazindagi ishing bilan bir xil, uyam-buyam xarom dedi. Biz studentlarga bu erda magazin restorandan boshqa ish topishni iloji yo‘q. Ancha izladim, topishni iloji bo‘mayapti, ancha pul sarflab keganmiz qaytib ketolmaymiz. Nima qilsak bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ishlayotgan joyingizda harom ishlarga aralashmang. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:56 | Savol-javoblar | 169 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ishlayotgan joyingizda harom ishlarga aralashmang. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:56 | Savol-javoblar | 169 | Turli savollar