Cho‘p bilan fol ochish

Assalomu alaykum! Alloh taolo Quroni karimda: “Ey iymon keltirganlar! Albatta, xamr, qimor, butlar va (fol ochadigan) cho‘plar iflosdir. Shaytonning ishidir. Bas, undan chetda bo‘ling. Shoyadki, najot topsangiz”. (Moida surasi 90). savolim bundan bir necha yil oldin telekanalda "Olamga nur sochgan oy" Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam haqlarida serial namoyish etildi. Adashgan bo‘lsam uzr o‘sha serialning boshida Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning katta otasi Abdulmuttalib nima sababdanligi eslolmadim o‘g‘li Abdullohni qurbonlik qilmoqchi bo‘ladi. Odamlar qaytarib qoladi, uning o‘rniga cho‘plardan folga o‘xshash narsa qiladi. Ya’ni uning o‘rniga boshida 10ta 50ta tuya qurbonlik qilishga oxiri 100 ta tuya qurbonlikda to‘xtaydi. Bunday qilish xam folga kirmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz ko‘proq kitob o‘qing. Abdulmuttolib cho‘plardan qur’a qilgani islomdan oldin bo‘lgani. Oyat esa undan keyin bo‘lganini ajrata olmas ekansiz. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 00:12 | Savol-javoblar | 191 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar