Mehmonlar kelishiga qarshi

Assalomu alaykum! Men doim bir masalada hayotimda qiynalib kelaman. Xo‘jayinim bilan Toshkent shahrida yashaymiz. Ikki xonalik uyda turamiz. O‘zimiz boshqa viloyatdanmiz. Mani ota onam ko‘rishga kelishadi. Eydigan narsalarigacha olib kelishadi. Kelishsa 1 xaftalar qolishadi. Xo‘jayinimga yoqmaydi. 3 kundan ortiq qolishlarini yoqtirmaydi. Mani ayt deb ko‘p tergaydi. Ota onamga qanday qilib bunaqa deyman desam, aytmasang o‘zim aytaman deydi. Nima qilay? Arosatda qolaman. Iltimos unaqa qilmang desam ham chidamaydilar. Eshitmasinlar, onamku, iltimos deyman. Lekin foydasi yo‘q. Hozir ham ayni shu holatdaman. 3 kun bo‘ldi manikiga qolganlariga. Nima qilishimni bilmayapman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kelgan mehmonlar ham uy egalarini holatini hisobga olishlari lozim. O‘zi ikki xonada turar ekansizlar. Qizini oilasini ehtiyot qilishi ham kerak. Siz ota-onangizga gaplari o‘tadigan amaki yoki tog‘alaringizga vaziyatni tushuntiring. Eringiz ham bunchalik qarshi bo‘lsa tez-tez ota-onangiz huzuriga jo‘natib tursin. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 00:12 | Savol-javoblar | 149 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar