Taxoratli xolda bola emizish

Assalomu alaykum! In shaa Alloh, yakinda kelin kilmokchiman. Avvaldan niyat kilib yurardim, nabiralarimmi Al-Buxoriy, G‘azzoliy kabi buyuk insonlar bo‘lishini. Ularni xayotini o‘qib o‘rganish natijasida bildimki, ona tarbiyasi katta rol o‘ynagan ekan. Ya’ni betaxorat emizmagan ekan onalari. In shaa Alloh kelinimga qo‘limdan kelguncha yordam beraman. Barchamizzi oxiratimiz uchun arziydi, albatta. Kelin nifos va xayzli xolatda qanday taxoratli bo‘lib bola emizishi mumkin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tahoratsiz emizmaslik deganda, hayz va nifos bo‘lmasdan tahoratga imkon bo‘lganda nazarda tutilgan. Faqat bu bilan bolalar buyuk olim bo‘lib etishmaydi. Bu eng oxirgi ishlar hisoblanadi. Siz avvalo kelinning diyonatli va axloqligini topishga harakat qiling. O‘g‘lingiz ham o‘sha kelinga munosib bo‘lishini ta’minlang. Ulamolar “Junub holatda bolani emizish kerak bo‘lib qolsa bola emadigan joyini yuvib emizsa bo‘ladi” deganlar. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 15:30 | Savol-javoblar | 180 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar