Haromdan topilgan pul

Assalomu alaykum! Ustozlar 9379-savolda halol ishlagan bo‘lsangiz ham evaziga harom pulni olish joiz emas degan javobni o‘qib qoldim va menda savol tug‘ildi men taksichiman, fohishalar chiqib tushganda pulini olish harommi, yani shunaqangi holatda qanday yo‘l tutamiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ochiq-oydin fohishalik qilib pul topishi aniq bo‘lsa va aynan o‘sha fohishaligidan kelgan pul bo‘lsa olmang. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 00:33 | Savol-javoblar | 158 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar