Allohning arshining soyasidan umid
Assalomu alaykum! Hozirda ko‘p odamlarda gunohga berilish bor, ayniqsa o‘smir yoshidagi yigitlarda fahshga, ko‘z zinosiga berishilish bor.1) Hozirda turli-hil qurilmalardan fahsh, va pornografik media materillarni topish qiyin bo‘lmay qolgan, aytinglarchi real hayotdagi ko‘zi zinosi bora bora katta zinoga olib borganligi uchun man etilganmi? Yuqorida aytilgan qurilmalar orqali ko‘rilgan kadrlar natijasida katta zino qilish xafi borligi uchun ta’qiqlanganmi? 2) Yoshim 15da. Men bir ma’lumot ko‘rdim: Agarda bir chiroyli ayol erkakga zino taklifini bersa, erkak Alloh uchun uni rad etsa ulkan jasorat ko‘rsatgan bo‘lar ekan. Bilamizki har bir xaromdan tiyilish farz, farzni ado etgan kishi savobga ega bo‘ladi. Savolim shundan iboratki: Aksar insonlarda gunohga berilish yoshligida bo‘ladi, agarda hamma sharoitlar bo‘lib turib, yuqorida aytilgan fahshdan gunohdan tiyilsa, ulkan jasorat ko‘rsatgan bo‘ladimi? Farz amalni bajargani uchun bu ham ibodat o‘rnida bo‘lib, qiyin bo‘lgani uchun juda kam sonli odamlarning jasorati etgan ishni qilgani uchun Allohning arshining soyasidan umid qilsa bo‘ladimi? Hatolarim bo‘lsa uzr.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Nomahramlarga shahvat nazari bilan qarash harom qilingandir. Buning hikmatlaridan biri - zinoning oldini olish.2). Alloh taolo bu dunyoni imtihon uchun yaratgan va barchaga o‘ziga xos sinovlar yuborgandir. Gunohning shiddatiga ko‘ra uning jazosi ham katta bo‘lganidek, undan tiyilganlar uchun savob ham shunday ulug‘ bo‘ladi. Hadisi shariflarda yoshligida Allohning ibodatida qoim bo‘lib, haromdan chetlanib, halolni istab o‘sgan kishi uchun qiyomat kuni arshning soyasi ostidan joy berilishi va’da qilingan. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: سَبْعَةٌ يُظِلُّهُمُ اللهُ فِي ظِلِّهِ يَوْمَ لَا ظِلَّ إِلَّا ظِلُّهُ: الْإِمَامُ الْعَادِلُ، وَشَابٌّ نَشَأَ فِي عِبَادَةِ رَبِّهِ، وَرَجُلٌ قَلْبُهُ مُعَلَّقٌ فِي الْمَسَاجِدِ، وَرَجُلَانِ تَحَابَّا فِي اللهِ اجْتَمَعَا عَلَيْهِ وَتَفَرَّقَا عَلَيْهِ، وَرَجُلٌ طَلَبَتْهُ امْرَأَةٌ ذَاتُ مَنْصِبٍ وَجَمَالٍ فَقَالَ إِنِّي أَخَافُ اللهَ، وَرَجُلٌ تَصَدَّقَ فَأَخْفَى حَتَّى لَا تَعْلَمَ شِمَالُهُ مَا تُنْفِقُ يَمِينُهُ، وَرَجُلٌ ذَكَرَ اللهَ خَالِيًا فَفَاضَتْ عَيْنَاهُ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا أبَا دَاوُدَ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Alloh taolo etti kishini O‘z soyasidan boshqa soya yo‘q Kunda soyasiga olur: odil imom, o‘z Robbisi ibodatida o‘sgan yosh, qalbi masjidlarga bog‘liq kishi, Alloh yo‘lida bir-birini yaxshi ko‘rib, Alloh uchun jam bo‘lib, Alloh uchun ajrashadigan ikki kishi, mansab va husn-jamol egasi bo‘lgan ayol o‘ziga chaqirganda «Men Allohdan qo‘rqaman» degan odam, sadaqani maxfiy qilib, hatto o‘ng qo‘li qilgan sadaqani chap qo‘li bilmay qolgan odam va xoli qolib, Allohni eslaganda ko‘zidan yosh oqqan odam», dedilar».
Beshovlaridan faqat Abu Dovud rivoyat qilmagan. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 00:33 | Savol-javoblar | 161 | Halol va harom