Chorva savdosi
Assalomu alaykum! Biz bir paytlar chorva savdosi bilan shug‘ullangan edik. Shunda xonadonlardan chorva mollarini sotib olganimizda bazilari bozordagi narx navodan unchalik xabarsizligidanmi yo boshka sabab molini arzon aytishardi masalan bozorda besh mililon sotiladigan sigirni egasi so‘rashda to‘rt yarim so‘raydi va biz uni savdolashib to‘rt milionga olib besh milionga sotamiz. Bunaqa xolatlar nafaqat bizda, bizga o‘xshagan savdogarlarning xammasida kuzatilgan. Shu bir milion foydada xarom aralashmaganmi shuni bilmoqchi edik.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Noto‘g‘ri ish qilayapsizlar ekan. Asl narxni bilmagan odamni soddaligidan foydalanish bo‘ladi bu. عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَا تَلَقَّوُا الرُّكْبَانَ، وَلَا يَبِعْ حَاضِرٌ لِبَادٍ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ. وَفِي رِوَايَةٍ: فَإِنْ تَلَقَّاهُ إِنْسَانٌ فَابْتَاعَهُ فَصَاحِبُ السِّلْعَةِ فِيهَا بِالْخِيَارِ إِذَا وَرَدَ السُّوقَ. وَلِمُسْلِمٍ وَالتِّرْمِذِيِّ: لَا يَبِعْ حَاضِرٌ لِبَادٍ، دَعُوا النَّاسَ يَرْزُقِ اللهُ بَعْضَهُمْ مِنْ بَعْضٍ Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Ulov minganlarning oldini to‘sib chiqmanglar. Erlik odam sahrolikka sotib bermasin», dedilar».
Beshovlari rivoyat qilganlar.
Boshqa rivoyatda:
«Agar bir inson uning oldini to‘sib chiqib, sotib olsa, savdo molining egasi bozorga kelganda ixtiyori o‘zida bo‘ladi», deyilgan.
Muslim va Termiziyning rivoyatida:
«Erlik odam sahrolikka sotib bermasin. Odamlarni tek qo‘yinglar. Alloh ba’zilarini ba’zilaridan rizqlantiraversin», deyilgan.
Sharh: Ushbu hadisi sharifdan bozor qoidalaridan yana birini bilib olamiz. Unda bozor atrofida aylanib yurib, oson yo‘l bilan boylik orttirish maqsadida narx-navoning o‘sishiga sabab bo‘ladigan kishilarning ishi noto‘g‘ri ekanligi bayon qilinmoqda.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning:
«Ulov minganlarning oldini to‘sib chiqmanglar» deganlari, o‘z mahsulotlarini tashqaridan bozorga sotish uchun olib kelayotganlarning oldini to‘sib chiqib, bozordagi narxni bilmaslaridan oldin arzon-garov sotib olmanglar, deganlaridir.
Johiliyat davrida shunday qiladiganlar bor edi. Hazrati Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhuning o‘zlari «Biz ulov minganlarning oldini to‘sib chiqib, bozorga kelmaslaridan oldin taomlarini sotib olar edik», deganlar.
«Erlik odam sahrolikka sotib bermasin».
Sahroda, qishloqda yashaydigan kishilar odatda bozordagi narxdan yaxshi xabardor bo‘lishmaydi, savdo-sotiq ishlarida shahar aholisi kabi ustomon ham bo‘lmaydilar. Shuning uchun ular mollarini yo‘lini to‘sib chiqib, molini sotib olmoqchi bo‘lgan odamga arzonga sotib qo‘yishi mumkin. Natijada u ham, bozorga keladigan oddiy kishilar ham zarar ko‘radilar. Ammo bozorga kelib, vaziyatni o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, mulohaza qilib sotgani yaxshi bo‘ladi.
Ba’zi rivoyatlarda «dallollik qilib» degan jumla ham zikr qilingan. Shuning uchun ham ulamolarimiz «Erlikning sahrolikning molini sotib berishi dallollik qilmaslik bilan bo‘lsa, joiz», deganlar.
Chunki erlik odam dallollik qilganda o‘z foydasini ko‘zlab, molni qimmatroq sotishga harakat qiladi va ko‘pchilik o‘sha molni sahrolikning o‘zi sotgan paytdagi arzon narxiga ololmaydi. Shuning uchun ham bozorning narxini sun’iy ravishda ko‘tarmay, tabiiy holiga qo‘yib berish kerak.
«Agar bir inson uning oldini to‘sib chiqib, sotib olsa, savdo molining egasi bozorga kelganda ixtiyori o‘zida bo‘ladi».
Agar bir kishi o‘z molini oldini to‘sib chiqqan chayqovchiga sotsa-yu, keyin bozorga kelib, narx-navoni ko‘rib, aynib qolsa, molini qaytarib olishga haqqi bor.
Shariat doirasida harom-xarish aralashmay, o‘zaro rozi bo‘lgan holda tijorat yuraverishi kerak. Bu qoidani Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o‘zlarining:
«Odamlarni tek qo‘yinglar! Alloh ba’zilarini ba’zilaridan rizqlantiraversin», degan gaplari bilan ifoda etganlar. Boshqacha qilib aytganda, bu erkin savdo bo‘lsin, deganidir.
Ushbu qoidadan Islom shariatida ko‘pchilikning foydasini ko‘zlab ish tutish ochiq-oydin ko‘rinib turibdi. Ulov minganning oldini to‘sib chiqish man qilinganda ish bir kishi bilan bitar edi. Shuning uchun ustomon odam sodda odamni aldamasin, degan asosda ish ko‘rildi. Ya’ni, bir ustomon kishi sodda dehqonni aldab, uning molini arzon narxga sotib olmasin, deyildi. Shu bilan birga, bu erda o‘sha ustomon odam molni arzonga sotib olib, keyin bozorda o‘zi sotganda sodda dehqondan ko‘ra qimmatga sotishi, oraga vositachi kirib qolishi, bu esa bozorda narxning o‘sishiga sabab bo‘lishi ham nazarda tutilgan.
Hozir ham shunday ishlarning tez-tez sodir qilinishi narx-navoning o‘sishiga sabab bo‘lmoqda. Mahsulot etishtiruvchi bilan xaridor o‘rtasida vositachi qancha ko‘paysa, narx shuncha o‘sadi. Ba’zi joylarda ishlab chiqaruvchi o‘z mahsulotini bevosita sotishi man qilib qo‘yilgan. Natijada narx-navoni rejali ravishda ko‘tarish yuz beradi. Bundan esa oddiy fuqaro zarar ko‘radi. Uning peshona teri bilan topgan pulini hech bir mehnat qilmay oladiganlar ko‘payadi.
Boshqa tomondan qaralsa, «Erlik odam sahrolikka sotib bermasin» deyilganda ish sahrolikning zarariga ketayotganga o‘xshaydi. Chunki agar erlik odam unga sotib bersa, sahrolik kishi o‘zi sotgandan ko‘ra ko‘p foyda olishi mumkin edi. Biroq bu erda ko‘pchilikning, ya’ni sahrolikdan mol sotib oladigan xalqning manfaati e’tiborga olingan. Ya’ni, Islomda vositachilarning mehnat qilmay, narx-navoni sun’iy ravishda yuqori ushlab turishlariga yo‘l qo‘ymaslik ko‘zda tutilgan. Har bir bozorda shunga o‘xshash tamagirlar bo‘ladi. Ular o‘z foydalarini ko‘pchilik hisobidan topadilar. Islom shariatida esa bu narsaga ruxsat berilmagan. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
12 May 2022, 00:44 | Savol-javoblar | 154 | Halol va harom