Er xotinnini pulini olishi

Assalomu alaykum! Erkak kishi ishlashga qodir bo‘lsayu ishlamay uyga o‘tirsa. Bir ikki kun chastniy ishlab keyin yana ishlamay. Ayolini ishlatib pulidan bo‘lib to‘lashga uy olsa va bola chaqasini boqsa ayol kishi. Erkak kishi namozxon. Xullas erkak kishini tashvishi xammasi ayolni bo‘ynida bunga shariatimiz kanday qaraydi? Bir tanish oiladagi xolat bu.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Oilaning nafaqasi erning zimmasida vojib, bundan bosh tortsa gunohkor bo‘ladi. U ayolni ko‘chada ishlashga majburlashga haqqi yo‘q. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 00:55 | Savol-javoblar | 142 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar