Alkogolizm (piyonistalik ) dardiga chalinganlarni davolash mumkinmi

Assalomu alaykum shayx xazratlari, avvalambor sizga islom ma’rifati yulida kilayotgan ulkan xizmatingiz uchun bir muxlisingiz sifatida yurakdan minnatdorchilik bildiraman. Agar urinli bulsa kuyidagi savollarim bor:1. Alkogolizm (piyonistalik ) dardiga chalinganlarni davolash mumkinmi, ba’zi ma’lumotlarni berib utmokchiman, odatda bu shaxslar bir necha kunlik ichish xolatidan sung (ruschada zapoy deyiladi) tang axvolga tushishadi, natijada tibbiy yordam surab kelishadi, ma’lum tozalovchi muolajalardan sung "tuzalishadi", birok deyarli barchalari axvollari yaxshilangandan sung yana eski odatni davom ettirishadi. Davolashning yana bir usuli bor, kodirovka deb ataladi, bu usul asosan yolgonga asoslangan, bemorda (agar shunday deyish joiz bulsa) ma’lum dori vositalari orkali axvolining yomonlashishi chakiriladi, bir vaktda arok ichiriladi, yomonlashish arok sababli degan ishonch bemorda paydo buladi va ma’lum muddatli kurkuv xosil kilinadi.2. Shifokor namoz ukiyotgan vaktda bemor kelib kolsa namozini bulsa buladimi (axvoli ogir yoki engilligidan bexabar bulinadi).
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Sizning birinchi savolingizga O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» haftaligida, 1991 yil, 1 fevralda nashr etilgan va o‘zimning «Shoyadki taqvodor bo‘lsak» nomli kitobdan joy olgan maqolam bilan javob berishimga ijozat bergaysiz.ILLATLAR DOYaSIIslom tahlimoti insonning barcha faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga solish, uni go‘zal va namunali maqomda shakllantirishga dahvat etadi. Afsuski bu ilohiy tahlimot hamma tomonidan birdek muhabbat bilan o‘zlashtirilmadi, uning yo‘riqlariga etarli amal qilinmadi, buning oqibatida odamlar kutilmagan to‘siqlarga, qiyinchiliklarga, g‘am-anduxlarga ko‘proq duchor bo‘lmokdalar. Fuqaroning baxtsizligi jamiyat hayotining ravonligiga putur etkazadi.Ne-ne odamlarni balolarga giriftor qilayotgan illatlardan biri arohxurlik va nashavandlikdir. Tarixda har bir jamiyat turli davrlarda aroqhurlikka qarshi kurash ochgan, uni tag-tugi bilan yo‘qotish yullarini izlagan. Biroq urinishlar kutilgan samarani bermagan. Chunonchi, 1929 yili AQ Sh kongressi aroqxo‘rlikka qarshi kurashga daxldor maxsus tadbirlar ishlab chiqqan, hatto aroqxo‘rlikka mukkasidan ketgan va tuzalmas deb topilganlar uchun o‘lim jazosi ham tayinlangan edi. Biroq mamlakatda aroqxo‘rlar soni ko‘paysa ko‘payganki, kamaymagan. Yaqindagina o‘zimizda bo‘lib o‘tgan safarbarlikni eslab o‘tsak ham yomon bo‘lmaydi.Mahlumki, Islomga qadar Arabiston yarim orolida va kurrai zaminning boshqa mintaqalarida mast qiluvchi suyuqliklar ichish keng tus olgan. Jamiyat, davlat undan qanchalik ko‘p talofat ko‘rmasin, hech kim aroqxo‘rlarni tiya olmagan. Ichkilikka har narsaga qodir Alloh taoloning o‘zi chek qo‘ymagunicha bu ko‘rgiliklar davom etgan.Qodir Alloh insonga tafakkur-bag‘ishlab, uni er yuzidagi jondorlar orasida eng aziz va mukarram qilib yaratdi. Xuddi shu tafakkur, aql bilan inson yaxshini yomondan, ezgulikni yovuzlikdan ajratish qobiliyatiga ega bo‘ldi. Xuddi shuning uchun ham Alloh taolo insonga sayyoramizni gullab-yashnatish vazifasini yukladi. Qurhoni Karimda bunday marhamat qilinadi.«Biz odam zotini mukarram qilib yaratib, quruqlik va suvda yuradigan qilib, ularga halol-pok rizqlar berdik hamda ularni ko‘p mahluq otlardan afzal qilib qo‘ydik» («Isro» surasi, 70-oyat).Haqiqatan ham, insoniy kamolotga erishgan odam ezgulik yo‘lidagi harakatlari bilan ayni chog‘da o‘zi ham kamol topa boradi, jamiyatning faol ahzosiga aylanadi. Taassuflar bo‘lsinkim, oramizda aql va qalb yo‘rig‘idan chiqqan, iymonga zid ishlar qiladigan kimsalar ham bor. Ular o‘z qilmishlari bilan nafaqat o‘zlariga, balki butun jamiyatga zarar etkazadilar. Insoniylik shahniga dog‘ tushiruvchi ishlarning aksarisi esa yuqorida aytnlganidek aroq ho‘rlik orqali yuz beradi. Islom fan, xususan, tabobat ilmidan ancha avvalroq aql-idrokka, salomatlikka putur etkazadigan har qanday ichimliklarni istehmol qilishni tahqiqlagan, unga ruju qo‘yganlarni esa tegishli jazoga loyiq deb bilgan. Bunday ichimliklar sirasiga Qurhoni Karim va payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning hadislarida aytilganidek uzum, asal, xurmo, arpa, sut va hokazolardan tayyorlanadigan suyukliklar kiritilgan. Ularning bari bir so‘z bilan hamr deb atalgan. Chekiladigan moddalar, igna vositasida badanga yuboriladigan suyuqliklar ham hamrga mansubdir. «Hamr— bu aql-idrokni, tafakkurni to‘suvchi narsadir»,—deganlar hazrati Umar roziyallohu anhu. Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallam hadislaridan birida: «Kayf qildiruvchi narsa — hamr. Har qanday hamr — haromdir»,— degan muborak so‘zlarni o‘qish mumkin.Hozirgi zamon tibbiyotida tarkibida spirt moddasi bo‘lgan har qanday ichimlik hamr, yahni alkogolg‘ hisoblanadi. «Alkogolg‘» so‘zi aslida arabcha bo‘lib, alkuxl deb talaffuz qilinadi.Aroq vino singari ichimliklar qanday kulfatlarga olib kelishi, odamni insoniylik qiyofasidan, insoniylik qadr-qimmatidan mosuvo etishini dalillovchi misollarni keltirishning hojati bo‘lmasa keraq zero, bunday misollarni istagan paytda topish mumkin.Ichkilikbozlik bamisoli jamiyat tanasidagi tuzalmas o‘simta, bu o‘simta vaqtida yulib tashlanmas ekan, bu butun jamiyatni shikastlashi hech gap emas. Mukkadan ketib aroqxo‘rlik qilishlar u yoqda tursin, hatto onda-sonda qultum-qultum ichishni odat qilish ham markaziy asab tarmoq dariga, jigar, yurak faoliyatiga shikast etkazishini, odamning aqliy faoliyatini zaiflashtirishi, naslga zarar etkazishi haqida maxsus to‘xtalishning hojati yo‘q ... Islom kelgunicha arab xalqlari orasida ham ichkilikbozlik avj olgan edi. Shoirlar o‘z nazmlarida hamrni ko‘klarga ko‘tarib madh etganlar. Ular hayotni aroqsiz tasavvur qila olmaganlar. Shehrlari, qasidalarida ham hamr-aroq markaziy o‘rinni olgan. Mahlumki, johili arablarda o‘ch olish hissi juda yuqori edi. Rivoyat qilishlaricha, bir qabiladagi beva kampirning qarib, o‘rnidan turolmay qolgan tuyasini ikkinchi qabila ahzolaridan bahzisi o‘ldirib qo‘ygani uchun o‘ch olamiz, deb birinchi qabila ikkinchisi bilan qirq yil urush qilgan ekan. Tezroq o‘ch olish mardlik jasurlik ekan. Lekin shunga qaramay, arablar ichida mardligi, jasurligi, pahlavonligi bilan dong taratgan Imruhul Qays degan shoirga otasini g‘animlar o‘ldirib ketganligini xabar qilishganda hamr ichib o‘tirgan ekan, beparvo bo‘lib: «Bugun hamr, ertaga amr»— deb ichishda davom etibdi. Hamrxo‘rlik shu qadar chuqur ildiz otgandiki, dabdurusadan undan qutulish benihoya mushkul edi.Barcha ishlarni hikmat bilan qiluvchi Alloh taolo bu dardni ham hakim sifatida davoladi. Xuddi tabiblar bir og‘ir dardning avval engil joyini davolay boshlaganidek Qurhoni Karim oyatlari xam insoniyat tanasidan bu illatni darajama-daraja yo‘q qilishga yo‘l tutdi. Alloh taolo hamr to‘g‘risida to‘rt oyat tushirgan. Ularning birinchisi Makkai mukarramada nozil bo‘ldi:«Xurmo va uzum mevalaridan mast qiladigan sharob va pokiza rizq olursizlar, albatta bu narsalarda aqlli odamlar uchun alomat bordir» («Naxl» surasi, 67-oyat).Ko‘rinib turibdiki, xurmo va uzum mevalaridan mast kiluvchi va pokiza rizq olish mumkin ekan. O‘ylab ko‘rilsa, shu joyda mast qiluvchi narsalar pokiza rizqqa karama-karshi qo‘yilmoqda. Pokiza rizqning ziddi nopok rizq bo‘ladi-da, bu nozik ishorani tushunib etgan hassos kishilar darhol ichishni tashlagan ekanlar. Kishilarda tushuncha xosil bo‘lib, bu fikr ularga singib, oradan bir muncha muddat o‘tgach, Makkai mukarramada navbatdagi oyat nozil bo‘ldi:«Ey Muhammad, sizdan aroq va qimor haqida suraydilar. Siz aytingki, bo‘larda buyuk gunoh bordir va insonlar uchun bir oz manfaatlari ham bor va gunohlari manfaatlaridan ko‘p kattadir. Va yana sizdan Alloh taolo yo‘lida nimani ehson qilishni so‘raydilar. «O‘zingizdan ortganini»,— deb javob qiling! Shunday qilib, dunyo va oxirat haqida tafakkur kilishingiz uchun Alloh sizlarga o‘z oyatlarini bayon etadi» («Bakara» surasi, 219-oyat).Bu oyatdan ko‘rinadiki, may ichish va qimor o‘ynash ham og‘ir gunohlardan sanalar ekan. Biroq oyatning davomida qimor va hamrning insonlar uchun foydasi ham borligini tasdiqlovchi so‘zlar keladi. Ulamolar bu foydalar nima ekanini ham bayon qilishgan. Hamirdagi foyda uni sotib pul topishdadir, qimordagisi esa qimorbozlar o‘sha paytda yutishsa, kambag‘allarga bir oz cho‘tal berishar ekan. Lekin gunohi foydasidan ko‘ra ko‘p ekanligini oyatning oxirida alohida tahkidlab aytilgani ko‘pchilikni ham hamrni, ham qimorni tashlashga majbur qildi.Bu hamrni man qilish yulidagi ikkinchi qadam, Bunga avvalgi oyatdagiga o‘xshab ishora bilan emas, balki ochiq aytilgan: «Hamr ulkan gunoh uning odamlar ko‘ziga ko‘rinayotgan juzhiy foydasidan ko‘ra gunohi katta, u haromdir». Shuning uchun ham, juda mukkasidan ketmagan, tahsirchan kishilar bu oyati karima nozil bo‘lgandan so‘ng hamr ichishni tashladilar.Shuni alohida tahkidlash kerakki, hamr haqidagi bu so‘zlar Allohniki. Qurhoni Karim oyatlari, ilohiy muhjiza, musulmonlar o‘qisalar ibodat hisoblanadi. Shu bois uni namozlarida ham o‘qiydilar. Demak bu oyat ham kishilarga singishi, iymon birla ehtiqodning ajralmas bo‘lagi bo‘lishi turgan gap. Bu oyati karima tushgandan so‘ng ancha vaqt o‘tdi, kishilarda hamr to‘g‘risida to‘liqroq tushuncha shakllandi.Vaqti kelib, Madinai munavvarada jamiyatni larzaga soluvchi bir hodisa yuz berdi, u ham bo‘tsa, Muhammad alayhissalomning sahobalaridan biri — undan Alloh rozi bo‘lsin — Abdurahmon bin Avf raziyallohu anhu payg‘ambarimiz izdoshlarini dasturxonga taklif etib, ularni may bilan siyladi. Bir payt shom namozi vaqti etdi va ziyofat qatnashchilaridan biri imomlikka o‘tdi. Tabiiy, u ham maydan sipqorgan edi va namozda «Kofirun» surasini o‘qiyotib: «Ey kofirlar, sizlar ibodat qilgan narsaga men ibodat qilmayman oyati o‘rniga adashib: "Ey kofirlar, sizlar ibodat qilgan narsaga men ham ibodat qilaman", deb o‘qib yuboradi.Mahlumki, shom namozida ovoz chiqarib qiroat qilinadi. Namozdagi noto‘g‘ri qiroat ko‘pchilikni dahshatga soldi, afsus nadomatga sabab bo‘ldi. Chunki uzoq yillar davomida musulmonlarning olib borgan mashaqqatli kurashining asosiy shiori kofirlar ibodat qiladigan oliha (but-sanam)larga emas, balki yagona Alloh subhonahu va taologa ibodat qilish edi. Endi bo‘lsa lahnati hamr tufayli o‘zlari uchun ko‘z qorachig‘idek bo‘lgan ibodat — namozda, do‘st-dushman guvohligida bunday noqulay holat bo‘lib tursa! Musulmonlar nihyatda afsuslanib, hamrdan nafratlanib turgan bir paytda Alloh taolo yuqoridagi oyati karimani nozil qilib, ularni mast holda aytayotgan suzlarini farqiga bormaydigai holda namoz o‘qimaslikka buyurdi.Bu bilan aroq ichish nihoyatda oz darajaga tushirildi. Chunki bir kunda besh vaqt namoz o‘qiladi, oralari yaqin, mas bo‘lgan odamning mastligi tarqaguncha namoz vaqti o‘tib ketish xavfi bor. Faqat xuftondan bomdodgacha bir navi bilan foydalanish mumkin. Bu uchinchi oyatdan so‘ng yana ko‘p odam hamr ichishni tashladi. Aroqning qanchalik yomon narsa ekanini, dinga, iymonga ham zarar keltirishi mumkinligini barcha bildi.Shu hodisadan so‘ng quyidagi oyat Alloh taolo tomonidan tushirildi.«Ey iymon keltirgan insonlar, sizlar mast hollaringizda, hatto o‘zlaringiz nimani so‘zlayotganingizni bilmaguncha namoz o‘qimanglar». (Niso surasi, 43-oyat).Kunlarning birida Otabon bin Malik ismli kishi mehmonlarni uyiga taklif qiladi, ular orasida hazrat Sahd bin Abu Vaqqos ham bor edilar. Mezbon mehmonlar oldida tuyaning boshini qo‘yib may tortadi. Ziyofat avjiga minadi. O‘z urug‘larini ulug‘lovchi, Madina musulmonlari — ansoriylarni esa tanqid ostiga oluvchi shehrxonlik boshlanadi. Shunda mehmonlardan biri tuyaning jag‘ini ko‘tarib Sahd bin Abu Vaqqosning boshiga tushiradi. Qattiq ranjigan Abu Vaqqos Muhammad alayhissalomning huzurlariga borib, voqeani batafsil hikoya qilib beradilar. Ana shunda turtinchi oyat nozil bo‘ladi: «Ey muhminlar, aroq (mast qiladigan ichimlik) ichib, qimor o‘ynash, butlarga sig‘inish va cho‘plar) yahni cho‘plar bilan fol ochish) shayton amalidan bo‘lgan harom ishdir. Bas, najot topishingiz uchun ularning har biridan uzoq bo‘lingiz! Ichkilik qimor sababli shayton o‘rtalaringizga adovat solishni hamda sizlarni Allohning zikridan va namoz o‘qishdan mahrum qilishni istaydi, xolos. Endi to‘xtarsizlar?!» («Moida» surasi, 90—91-oyatlar).Rivoyatlarga qaraganda mazkur oyat tushgan zamoni hazrat Umar: «Ey Alloh! Biz buni bas qildik bas qildik !»— deb yuborgan. Ha, Qurhon kishilarni asta-sekin tarbiyalab, aroqning batamom harom qilinishini orziqib kutadigan qilib qo‘ygan edi. Rivoyat qilinishicha, oxirgi oyat nozil bo‘lganda aroq ichib o‘tirganlar, ichgan aroqlarini qayt qilishgan, hamma aroq saqlaydigan idishlarini uloqtirganidan Madinai munavvara ko‘chalarida aroq oqqan ekan.Haqli savol tug‘iladi, nega aroq bir yo‘la taqiq lanmadi? Negaki, o‘sha paytlarda mayhurlik oddiy turmush tarziga aylangan va hech bir tadbir uningsiz o‘tmas edi. Basharti, may birdan taqiqlanganida, bu tadbir kutilgan samarani bermas, aksincha, odamlar tomonidan keskin noroziliklarga sabab bo‘lishi mumkin edi. Shu hodisa haqida hazrati Oysha roziallohu anha shunday hikoya qiladilar: «Dastavval do‘zax va jannat haqida so‘zlovchi oyatlar tushdi, ularda, kishilarga Islomga bo‘lgan ehtiqodlarida birmuncha sabotli bo‘lishliklari aytilganki, shundan so‘nggina halol va harom haqida oyatlar nozil bo‘ldi. Bordiyu mayni taqiqlovchi oyat birdan tushganida, odamlar uni qabul qila olmas va biz uningsiz yashay olmaymiz, deb undan voz kecha olmas edilar».Aytilganlardan Islom aroqxo‘rlik — ichkilikbozlikday ijtimoiy illatga qay tarzda kurash ochgani va uni qay tarzda izchil davom ettirgani ko‘rinadi. U o‘z tahlimotini asta-sekinlik bilan hayotga tadbiq qila borgani shularda ham, o‘z ifodasini topgandir. To‘rt oyatning birinchisidan to‘rtinchisigacha mayning haromligi, ularni istehmol qilish musulmon uchun to‘g‘ri kelmasligi izchil va qathiy suratda tushuntiriladi va pirovardida to‘rt oyatning tahsiri va nafi kutilgan samarani beradi.Qissadan hissa shuki, Alloh taoloning eng katta nehmatlaridan biri — bu insonga ato etilgan tafakkur kuchidir! Tafakkursiz inson hayvonga aylanib qolishi hech gap emas. Ichkiliklar esa odamlarni ana shu tafakkurdan ayiruvchi vositadir. Zotan, aroq keltiruvchi kulfatlarni sanab adog‘iga etish qiyin. Shu mahnoda imom Nasoiy xazrat Usmondan keltirgan rivoyatlar ko‘p ibratlidir: «Mayxo‘rlikdan saqlaninglar, zero u barcha kulfatlarning onasidir. Qadim zamonlarda yaxshi fazilatlarga boy bir kishi bo‘lgan. Engiltak ayollardan biri uni yo‘ldan ozdirishga ahd qiladi. Shu maqsadda ayol dugonalaridan birini u kishining huzuriga yuboradi. «Biz sizni bir ishga guvoh bo‘lsangiz degan niyatda chaqiryapmiz» deydi taklif qiluvchi. Yaxshi fazilatli kishi to‘g‘ri ko‘ngilda nomahqul xulqli ayolnikiga keladi. Xonada bir bola va bir ko‘za may bilan engiltak ayol u kiini qarshi oladi. Shunda ayol maqsadga ko‘chadi: «Qasam ichib aytamanki, men seni mehmonga emas, balki men bilan tunash uchun chaqirtirdim, shartimga rozi bo‘lmasang mana shu mayni ichasan yoki bolani o‘ldirasan, aks holda uydan chiqarmayman», deydi. Noiloj qolgan kishi mayni ichishga rozi bo‘ladi. Badmast kishi pirovardida o‘sha engiltak ayolning domiga ilinadi va hatto bolani o‘ldirishgacha boradi.... Ushbu hodisa sizlarga ibrat bo‘lsin, toki may bilan iymon bir-biriga yot ekanligiga Alloh guvohdir...»Mayning haromligini tasdiqlovchi Muhammad sallollohu alayhi vasallamning hadislari ham bir qanchadir. U kishining aytishlaricha, may barcha kulfatlar va g‘am-tashvishlar kalitidir. Chunonchi, «Ichkilikni sevuvchilar jannat huzurlaridan bebahradirlar», deyiladi hadislardan birida. Bundan tashqari, payg‘amlar sallollohu alayhi vasallam aytadilarki, «Alloh taolo meni butparastlikdan qaytarganidan so‘ng mayxo‘rlik va kishilar bilan janjallashishdan saqlanishga chaqirdi».«Buyuk Alloh adashgan va mayxo‘rlikka berilganlarni iymondan ayiradi», degan hadis ham bor. Boshqa bir hadisda esa: «Bir marta hamr ichgan odam qirq kunlik namoz savobidan mahrum bo‘ladi, basharti u ichib turib o‘lsa, do‘zaxga tushadi», deyiladi. Hazrat ibn Abbosning aytishlaricha: «Hamr — may taqiqlanganida payg‘ambarning sahobalari bir-birlariga mayxo‘rlik butparastlikka tengdir, deganlar».Muhammad alayhissalom hamma vaqt mayni tayyorlovchini ham, uni sotuvchini ham, ichuvchini ham qoralaganlar va musulmonlarni o‘z oilasi, Vatani, iymon-ehtiqodi haqida qayg‘urishga chaqirganlar: «Zulm qilgan odamlarga moyil bo‘lmanglar, keyin sizlarni do‘zax o‘ti tutur va sizlar uchun Allohdan boshqa do‘st yo‘q dir» («Xud» surasi, 113-oyat).Bizning muqaddas burchimiz jamiyatimizni aroqxo‘rlikdan, nashavandlikdan saqlash, bunday chirkin illatlar tahsiridan yosh avlodni asrab-avaylashdir. Ichkilikbozlikka qarshi kurashning samarasi bo‘lmaydi, deganlarga biz qo‘shila olmaymiz. Payg‘ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi vasallam tahlim berganlaridek: «Nomaqbul ishlar qilinayotganini ko‘rganda uni qo‘l bilan to‘xtatishga urinaylik buning imkoni bo‘lmasa, so‘z bilan to‘xtataylik bordiyu buning ham imkoni bo‘lmasa iymon zaifligidan dalolat bo‘lsa-da, uni fikran to‘xtataylik».Alloh taoloning o‘sha to‘rt oyatdagi hikmatlari bizni hamon hushyorlikka, jamiyatimizni tozalashga dahvat etadi, pokiza iymon, qaynoq va sog‘lom qalb bilangina insoniyatga tinchlik baht-saodat, ittifoq keltirishi mumkinligini eslatib turadi.O‘zligimizni tanib kelayotgan hozirgi ijobiy o‘zgarishlar davrida bu masalada ham o‘zimizga bir nazar solaylik: kim edigu kim bo‘lib qoldik? Yuqorida zikr qilingan oyati karimalarning tafsirini bizning hamyurtlarimiz imomi Zamahshariy, Roziy, Nasafiy, al-Moturidiyga o‘xshash bobokalonlarimiz dunyo xalqlariga tark atib, ularni ichkilikka ruju qo‘ymaslikka chaqirganlar. Bu haqida payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning Hadisi shariflarini buyuk muhaddislarimiz imomi Buxoriy, imomi Tirmiziy, imomi Nasoiy, imomi Marvaziy va boshqa ajdodlarimiz rivoyat qilib ketganlar.Kutubxonalarni to‘ldirib yotgan ulkan madaniy merosimizga qaraylik biror qator aroqning madhida yozilgan narsa topiladimi? Yo‘q ! Hammasi aroqni qoralaydi. Hozirgi kunda-chi? Hammayoqni kasofat aroq bosib ketdi. Hatto ichmaydigan kishiga kamsitish nazari bilan qaraladigan bo‘lib qoldi. Aroq ichish uchun turli bahonalar qator-qator... Ayniqsa to‘ylar, yubileylar, kattaroq marosimlar ommaviy aroqxo‘rlikka aylanib qoldi. Bu ishlar xalqimizni mahnaviy va moddiy jihatdan qashshoq qilmoqda. Yoshu qari, katta-kichik hamma ichgani-ichgan. Qayoqa qarab ketyapmiz o‘zi?Hammasi bu ofatni hayotimizdan tezroq yo‘q otishga harakat qilmog‘imiz lozim. Inson qilgan narsani boshqa insonlar ham qilishi mumkin. Keling bobolarimizdan o‘rnak olib, biz ham aroq siz yashashga o‘taylik.2. Bemorning ahvolidan bexabar bo‘lsa, namozni bo‘lmaydi.

20 Aprel 2022, 20:06 | Savol-javoblar | 201 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar