Sabr haqida hadis
Assalomu alaykum! Men Ahmad Lutfiy qozonchini saodat asri qissalari kitobida bir voqeani o‘qigandim. Unda Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi ,,Sabr faqat zarba ilk kelgan onida ko‘rsatiladiʼʼ degan so‘zlari yozilibdi. Shuni biz hadis sifatida olsak bo‘ladimi? Iltimos shunday hadis bo‘lsa yozib bersangiz kimdan rivoyat qilganligini. Chunki men telegramm tarmog‘ida tarjima holimga yuqoridagi jumlani qo‘ygan edim. Endi qo‘rqyapman unday hadis yo‘q bo‘lsachi deb.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday hadis bor. عَنْ أَنَسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: مَرَّ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بِامْرَأَةٍ تَبْكِي عِنْدَ قَبْرٍ، فَقَالَ: اتَّقِي اللهَ وَاصْبِرِي، فَقَالَتْ: إِلَيْكَ عَنِّي فَإِنَّكَ لَمْ تُصَبْ بِمُصِيبَتِي وَلَمْ تَعْرِفْهُ، فَقِيلَ لَهَا: إِنَّهُ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَأَتَتْ بَابَهُ فَلَمْ تَجِدْ عِنْدَهُ بَوَّابِينَ، فَقَالَتْ: لَمْ أَعْرِفْكَ، فَقَالَ: إِنَّمَا الصَّبْرُ عِنْدَ الصَّدْمَةِ الْأُولَى. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam bir qabr oldida yig‘lab o‘tirgan ayolning yonidan o‘tayotib, unga:
«Allohdan qo‘rq va sabr qil», dedilar. U ayol:
«Nari tur! Menga etgan musibat senga etgani yo‘q!» dedi.
Ayol u zotni tanimagan edi. Unga «Haligi odam Nabiy sollallohu alayhi vasallam edilar», deyildi. Bas, u zotning eshiklariga keldi. U erda eshik og‘alarini ko‘rmadi va u zotga:
«Sizni tanimabman», dedi. Shunda u zot:
«Albatta, sabr birinchi zarbadadir», dedilar».
Beshovlari rivoyat qilganlar.
Sharh: Rivoyatda zikri kelgan ayol yosh bolasining qabri ustida yig‘lab o‘tirgan bo‘lgan.
Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:
1. Yig‘layotgan musibatzadalarni Allohdan qo‘rqishga va sabr qilishga chaqirish kerakligi.
2. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning kamtarliklari. Ayol u kishiga nisbatan qo‘pollik qilsa ham hech narsa demaganlar.
3. Ulug‘larni tanimay, beodoblik qilib qo‘yganlarga xatolarini tushuntirib qo‘yish kerakligi.
4. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sodda hayot kechirganliklari. Hatto eshiklari oldida eshik og‘asi ham bo‘lmaganligi.
5. Sabrni musibat etgan birinchi lahzadan boshlab qilish kerakligi. Sabrsizlikni, toqatsizlikni qilib olib, keyin «sabr qildim», de¬yish sabr hisoblanmaydi. Alloh iroda qilgan sabr musibat etishi bilan sabr qilish, rozi va taslim bo‘lishdir. Ana shunday qilganlar Allohning roziligiga, ulkan savoblar va oliy darajalarga erishadilar. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
12 May 2022, 01:17 | Savol-javoblar | 199 | Hadislar