Mahsulot ustiga qo‘yiladigan foyda miqdori

Assalomu alaykum! Opam nomidan savol yo‘llamoqchiman. Men buyurtma asnosida shirinliklar, turli pishiriqlar tayyorlab, sotaman. Tayyorlagan shirinligim uchun qo‘l haqi sifatida ketgan masalliqning teng barobar narxini qo‘yib sotaman. Masalan, 70 ming so‘mlik masalliq ketgan pishiriqni 130.000-140.000 so‘mga sotaman. Qayni ukam 2 barobardan ortig‘ini ustiga qo‘yish bu harom, deb aytdi. Qaynonam esa 3 barobar qo‘yasiz, deb aytdilar, gaz, svet puli shuning ichiga kirib ketar ekan. Savolim shuki, men tayyorlagan pishiriqlarim uchun qancha miqdorda ustiga qo‘ysam, shariatga muvofiq bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariat foydani chegaralagan emas. Insof bilan foyda qilib oluvchini ham o‘ylash mo‘min odamning xulqidir. Vallohu a’lam! Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qing:https://fiqh.uz/maqola/601

12 May 2022, 01:17 | Savol-javoblar | 131 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar