Xato ish

Assalomu alaykum! Men xozir murakkab vaziyatdaman. Bir ish ustida ikki kishining o‘rtasida turdim. Ularning foyda va zararidan menga naf yo‘q. Mendan labz ketgani rost. Ish ustida bir tarafning ish quroli yaroqsiz bo‘ldi. Ikkinchi taraf to‘lab berishni va’da qildi lekin qochdi. Endi birinchi taraf mening ish qurolimni tortib oldi. O‘rtada mani tirikchiligim qiyinlashdi. Men qanday yo‘l tutay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar zarar etsa to‘lab beraman deb kafil bo‘lgan bo‘lsangiz siz zomin bo‘lasiz. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 01:28 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar