Ichkilik bor choyxona
Assalomu alaykum! 1). Biz sinfdoshlarimiz bilan choyxonada yig‘ilishib turamiz. O‘sha choyxonada boshqa stollardagilar aroq ichishadi. Biz xam shunday joylarda o‘tirganimiz uchun gunox bo‘ladimi? O‘sha choyxonadan oshni olib kelib uyda tanovvul qilsak bo‘ladimi yoki aroq bor joyda tayyorlagan narsa xam xaromga kiradimi? Bugungi kunda ko‘p odamlar choyxonada o‘tirishadi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Musulmon kishi unaqangi Allohning la’nati yog‘iladigan joylarga bormaslik kerak. Halol narsalardan tayyorlangan taom harom ish qilinadigan choyxonada tayyorlangan bo‘lsa ham, halol bo‘ladi. Lekin musulmon kishi haromdan hazar qiladigan kishilarning taomxonasidan taomlanishga harakat qilishi kerak. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 01:28 | Savol-javoblar | 193 | Halol va harom