Ijarachi haqmi?

Assalomu alaykum! Men talabaman. Boshqa viloyatda o‘qiyman. Yotoqxona berilmagani uchun kvartirada turaman. U kvartira ijarachisi narxni qimmat qo‘yganligi va shu qimmatligiga yarasha sharoitlari mavjud emas. Shu sababli men boshqa joy topdim va u erga otib ketmoqchi bo‘lsam ijarachi bir oy uchun oldindan to‘lagan to‘lovimni qaytarib bermasligini aytdi. Buning hukmi yoki yo‘li qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Boshida shunga kelishilgan bo‘lsa siz ham oyni oxirigacha turib haqqingizni qoldirmay keyin chiqib keting. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 01:28 | Savol-javoblar | 143 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar