Ayol kishining safari

Assalomu alaykum! Ayol kishi mahramsiz safarga chiqishi mumkin emas ekan. Bizning oilaviy sharoitimiz esa quyidagicha: otam olamdan o‘tganlar. O‘zimiz Jizzaxdanmiz lekin Toshkentda yashaymiz. Onam Jizzaxda bog‘cha ochganlar shu sabab har oyni oxirida Jizzaxga kamida 1 haftaga borib keladilar. Ularga mahram bo‘la oladigan faqat ukam bor, 15 yosh. Lekin onam uni olib ketmaydilar o‘zlari bilan, birinchidan, dinga unchalik ham jiddiy qaramaydilar mahramsiz safar qilish mumkinmasligidan habarlari yo‘q. Bilgan taqdirlarida ham ukamni har oy nechadir kunga maktabdan olib qolishni istamagan bo‘lardilar. aytganimdek hali dinga unchalik jiddiy e’tibor qaratmaydilarham. Aslida qarindoshlar ichida onamni mahramlari bor, masalan ukalari. Lekin u mahramlik vazifasini bajarmaydi o‘z hayoti bilan ovora. Shu vaziyatning hukmi qanday? Onam nima bo‘lgan taqdirda ham o‘zlari bilan birga ukamni ham olib yurishlari shart shundaymi? Ukamni har oy maktabdan kamida 1 haftaga olib ketishni onam to‘g‘ri deb hisoblamaydilar. Ishlari yuzasidan borib kelishlari ham zarur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mahramsiz safar qilishi joiz emas. Boshqa chora yo‘q. Vallohu a’lam!

2 Avgust 2022, 18:12 | Savol-javoblar | 221 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar