Ota yoki ona folbin
Assalomu alaykum! Bir do‘stimning iltimosi bilan savol yuboryabman. Do‘stimning o‘zi namozxon yaxshi yigit, aytishicha oilasida otasimi onasimi biri folbinlik qilar ekan. Do‘stim bu ish noto‘g‘ri deb tushintirishga xarakat qilibdi, qo‘lidan kelgan barcha sabablarni qilibdi, lekin afsuski foydasi bo‘lmabdi. Endi u bu xolatda nima qilishga, qanday yo‘l tutishga xayron. Siz ustozlar nimani maslaxat berasizlar, u oila a’zolari bilan qanday munosabatda bo‘lishini bilmayabdi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ota-onaga farzand qilishi kerak bo‘lgandek muomalasini davom ettirsin. Ota-ona haqqlarini o‘z vaqtida ado qilsin. Aytib zimmasidan soqit qilgan bo‘lsa qolgani o‘zlariga havola. Baxslashib o‘z oxiratini kuydirib olmasin. Chunki hidoyat Allohdandir. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 20:45 | Savol-javoblar | 152 | Oila va turmush