Uy meros masalasi

Assalomu alaykum! Bir masalada maslahat bersangizlar. 1 oilada 8 qiz va 1 o‘g‘il. Ota-ona vafotidan keyin uy o‘g‘ilga qogan. Lekin  2ta qiz bu ishdan rozi emas. Bordi keldi yo‘qolgan. Shu masalada maslahat bersangizlar. Masalan uyni pulini 100 ming so‘m desak ularga qanchadan tegishi kerak? Bu savolni yoshi katta bo‘lib qolgan holalarimga ko‘rsatishim uchun ham iloji bo‘lsa telegramga qo‘ysangizlar. Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Otadan qolgan bor mulkni hisoblab chiqib, 10ga bo‘linadi. Ikki qism o‘g‘ilga, bir qismdan qizlarga tegadi. Masalan 100.000so‘m qolgan bo‘lsa, 10ga bo‘linadi. Shunda har bir qizga 10.000dan o‘g‘ilga 20.000 tegadi. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 18:27 | Savol-javoblar | 154 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar