Ayollar to‘planib choyxonada o‘tirishi

Assalomu alaykum! Biz qizlar ovqatlanish uchun albatta spirtli ichimliklar yo‘q choyxonaga kiramiz. Aloxida kabinaga o‘tiramiz. Shu mumkinmi? Bir kishi bizni bu ishimizni qoralayapti. Uyda o‘tiringlar deyapti.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ha to‘g‘ri, ayollar zaruratsiz bu kabi joylarga borishlari to‘g‘ri emas. Ayollar uylarida o‘tirganlari yaxshi. Hatto ayollar namozlarini ham ichkarida o‘qiganlari afzal. عن عبدِ اللهِ بنِ مسعودٍ رَضِيَ اللهُ عنه، عن النبيِّ صلَّى اللهُ عليه وسلَّم قال: “صلاةُ المرأةِ في مَخدعِها أفضلُ من صلاتِها في بيتِها، وصلاتُها في بيتِها أفضلُ من صلاتِها في حُجرتِها” (رواه ابو داود والبزار) Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Ayol kishining hovlisidagi namozidan uydagi namozi afzaldir. Uning uydagi namozidan o‘ziga xos xonasidagi namozi afzaldir”, deganlar”
Imom Abu Dovud va Imom Bazzor rivoyati. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 01:39 | Savol-javoblar | 178 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar