Chang kiyimda namoz o‘qish

Assalomu alaykum! Men 5 vaqt namoz o‘qiyman, hozirda kun bo‘yi chang kiyimda va chang ishda ishlayappan. Peshin va asrni ishda bo‘laman, aniqrog‘i kiyimni almashtirishga iloj yo‘q toza kiyimda o‘qilgan namozni hukmi yaxshi emas ekan. Ish sababli shunga binoan peshin va asr namozlarimni shomga qo‘shib qazo qilib o‘qisam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘lmaydi. Asosiysi kiyimingiz avratni yopadigan va najosatdan pok bo‘lishi kerak. Chang najosat emas. Namoz uchun himmat va sharoitini qilib o‘qing. Namozni tark yoki qazo qilishga ruxsat yo‘q. Buning oqibati juda ayanchlidir. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 01:50 | Savol-javoblar | 158 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar