Kasbim to‘g‘rimi

Assalomu alaykum! Men radio televedeniyani efirga uzatish stantsiyasida ishliyman(toshkentdan kelgan signalni xalqqa tarqatamiz). O‘zbekiston kanallarini efirga tarqatamiz. Butun xalqimiz televizor ko‘radi, nimanidir ko‘rib o‘sha ishni qilishi mumkin seriyalmi, odobmi, yangilikmi. Savolim shu kasbda ishlashim joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qoida bor “gunohga yordam berish ham gunoh”. Buning aksi savobga yordam berish ham savob bo‘ladi. Sizni ishingiz savob va yaxshiliklarga yordam bo‘lsa, to‘g‘ri ish hisoblanadi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 01:50 | Savol-javoblar | 143 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar