Yosh bolaning qusug‘i

Assalomu alaykum! Biz oilamiz bilan har yili imkon qadar Oqtoshda davo olish maqsadida dam olamiz. Toqqa asosan bomdod namozi kirgan payt chiqiladi va namozni tog‘da o‘qiyman. Bir kun endi chiqib turuvdik 1,5 yashar qizcham ustumga qayd qilib yubordi, faqat suv chiqdi. Shu hodatda o‘qigan namozim qabul bo‘ladimi, chunki kiyimni almashtirish imkoni yo‘q?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tahorat ketmaydi. Yosh bolaning qusug‘i najosat hisoblanadi. Yuvib tashlab keyin namoz o‘qish kerak. Usha o‘qigan namozingizni qayta o‘qib qo‘ying. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 02:01 | Savol-javoblar | 149 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar