Tekstildagi ish

Assalomu alaykum! Men tekstilda ishlayman. Meni vazifam ipdan mato to‘qiydigan mashinalarga qarash aniqrog‘i mato chiqarish. Lekin bu matolar tekistilning boshqa tsexida o‘tganda unga har xil jonli hayvonlar rasmlari ham tushuriladi hammasiga emas albatta. Men bu ishga umuman aralashmayman alhamdulillah. Lekin shunday bo‘lsada shu ish uchun mening ham oyligimga harom aralashadimi? Keyin yana men tayyorlagan matodan qaysidir korxona shariatga zid ya’ni ochiq sochiq kiyimlar chiqarsa men ham unga sherik bo‘lib qolmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Oyligingizga harom aralashmaydi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 02:01 | Savol-javoblar | 154 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar