Emishib qo‘yganlar nikoxi

Assalomu alaykum! Bir dugonam o‘zini emikdosh xolasini o‘g‘liga turmushga chiqqan. Xozirda bir farzandi bor, dugonam turmush o‘rtog‘i bilan ajrashmoqchi, lekin kattalar bunga qarshilik qilyapti. Ularni turmishi xalolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Emikdosh aka-singil bo‘lishsa, nikohlari harom bo‘ladi. Hadisi sharifda bu haqida shunday deyilgan:عَنْ عَائِشَةَ رَضِي اللهُ عَنْها عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: يَحْرُمُ مِنَ الرَّضَاعَةِ مَا يَحْرُمُ مِنَ الْوِلاَدَةِ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Emizish tufayli ham tug‘ilish tufayli harom bo‘lganlar harom bo‘ladi», dedilar».
Beshovlari rivoyat qilishgan.
Sharh: Tug‘ishganlik, ya’ni, nasab aloqasi bo‘yicha qaysi toifa ayollarning nikohi harom bo‘lsa, emizish orqali, ya’ni, birovning bolasini begona ayol emizishi tufayli sodir bo‘ladigan emikdoshlik yaqinligi tufayli ham o‘sha toifa ayollarning nikohi harom bo‘ladi.
Misol uchun, tuqqan onasining nikohi harom bo‘lganidek, emizgan onasining nikohi ham harom bo‘ladi. Tug‘ishgan singlisining nikohi harom bo‘lganidek, emikdosh singlisining nikohi ham harom bo‘ladi va hokazo. (“Hadis va hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

12 May 2022, 02:34 | Savol-javoblar | 169 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar