Haqqa chaqirish

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, men yaqinlarimni haqqa chaqirishga harakat qilaman. Lekin ko‘p vaziyatlarda ulardan eshitilgan javobni va qilingan harakatni ko‘rib qalb mahzun bo‘ladi. Ya’ni ularni tushunish doirasida namozni, ro‘zani va shu kabilarni tushuntirsam «menga aql o‘rgatma», «o‘zim nima qilishni juda yaxshi bilaman» kabi javoblarni olaman yoki ularni oldiga o‘qisin uchun zora shuni o‘qib fikri o‘zgarsa deb kitoblarni aksariyat Hazrat rahimahullohning kitoblarini qo‘yib qo‘yaman. Lekin afsuski oylar o‘tsa ham varoqlanib ham ko‘rilmaydi va yana Hazratimning maruzalar to‘plami diskini qo‘yib bersam uni eshitishmaydi. Shunga boshim qotgan chunki ular men uchun aziz insonlar. Siz azizlardan so‘ramoqchi bo‘lganim shuki yana qanday chora tadbirlar qo‘llasam maqsadga muvofiq bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz har bir amalingizda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarini go‘zal tarzda namoyon qilishga harakat qiling. Bazi ishlarda shariatga zid ish qilib qo‘yishdan saqlaning. Yaqinlaringiz so‘zingiz va harakatingizda sodiqlikni ko‘rishsin. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:35 | Savol-javoblar | 130 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar