Farzand kimning ixtiyorida
Assalomu alaykum! Ota-ona ajrashgan vaqtida malumki emizikli bola onaning qo‘lida qoladi. Umuman olganda farzand otaning ixtiyori va qaramog‘ida bo‘lmog‘i kerakmi yoki onaning? Farzandga kim haqliroq hisoblanadi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Er-xotin ajrashgandan keyin, boshqa erga tegmasa emizukli bola onasining qaramog‘ida qolishi haqida ulamolar xilof qilishmagan. عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ عَمْرٍو رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ امْرَأَةً قَالَتْ: يَا رَسُولَ اللهِ إِنَّ ابْنِي هَذَا كَانَ بَطْنِي لَهُ وِعَاءً وَثَدْيِي لَهُ سِقَاءً وَحِجْرِي لَهُ حِوَاءً وَإِنَّ أَبَاهُ طَلَّقَنِي وَأَرَادَ أَنْ يَنْتَزِعَهُ مِنِّي فَقَالَ لَهَا رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: أَنْتِ أَحَقُّ بِهِ مَا لَمْ تَنْكِحِي. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَأَحْمَدُ وَالْحَاكِمُ Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Bir ayol:
«Ey Allohning Rasuli, mana bu o‘g‘lim uchun qornim joy bo‘lgan edi, ikki ko‘kragim suv idish bo‘lgan edi, quchog‘im muhofazachi bo‘lgan edi. Endi esa, otasi meni taloq qilib, uni mendan tortib olmoqchi», dedi.
Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga:
«Modomiki nikohlanmasang, sen unga haq-liroqsan», dedilar».
Abu Dovud, Ahmad va Hokim rivoyat qilishgan.
Sharh: Bolaning ota-onasi ajrashgan paytda u kimning qaramog‘ida bo‘ladi? Bu bola gap tushunib, savolga javob beradigan bo‘lgunchalikdir.
Ushbu hadisda taloq qilingan ona boshqa erga tegmasa, kichik bola uning qaramog‘iga berilishi haqida hukm qilinmoqda.
Bu hukmni jumhuri ulamolar bir ovozdan qabul qilganlar. Hanafiy mazhabi bunga ziyoda qilib, qarindosh odamga erga tegsa ham bolani qaramog‘iga olish haqqi ayolda qoladi, degan.
Yosh bolani o‘z qaramog‘iga olish masalasi ulamolarimiz tomonidan atroflicha o‘rganilgan va unga tegishli hukmlar fiqh kitoblarimizda batafsil bayon qilingan. Biz qisqacha qilib, bosh masalalarni eslab o‘tamiz.
Yosh bolani qaramog‘iga olish–uni zararli narsalardan muhofaza qilish, uni tozalab, edirib-ichirib, kiyintirib, rohati uchun kerakli narsalar ila ta’minlab, tarbiyalashdan iborat.
Yosh go‘dakni o‘z qaramog‘iga olishga eng haqli kishi boshqa erga tegmaslik sharti ila onasi ekanini va undan keyin kimlar bo‘lishini yuqorida o‘rgandik.
Lekin bolani o‘z qaramog‘iga oluvchi kishida bir necha shartlar mavjud bo‘lishi shart:
1. Oqil bo‘lishi kerak.
2. Balog‘atga etgan bo‘lishi kerak.
3. Dindan chiqqan, murtad bo‘lmasligi kerak.
4. Fosiq, ishonchsiz bo‘lmasligi kerak. Ba’zi fisq-fujur ishlarni qiladigan, o‘g‘ri, betayin, raqqosa kabilar yosh bolalarni o‘z qaramog‘iga olishga haqli emaslar.
5. Bolani qarovsiz qoldirmasligi kerak. Agar qarovsiz qoldiradigan bo‘lsa, qaramog‘iga olish haqidan mahrum qilinadi.
6. Ota kambag‘al bo‘lib, ona ajrsiz tarbiya qilishdan bosh tortsa, ajrsiz tarbiya qilishni xohlagan yaqin ayol qarindosh bolani o‘z qaramog‘iga oladi.
O‘g‘il bola etti yoshgacha, qiz bola to‘qqiz yoshgacha ona yoki uning o‘rnini bosadigan ayol kishi qaramog‘ida bo‘ladi. Undan so‘ng otaning qaramog‘iga o‘tadilar.
Yosh bolani qaramog‘iga olib tarbiya qilayotgan ayol bolaning otasidan, otasi bo‘lmasa, uning nafaqasi vojib bo‘lgan kishidan ajr haqi oladi. Bu bolaning nafaqasidan tashqari haqdir. Ya’ni, yosh bolani tarbiya qilish uchun ketadigan xizmat haqidir. (“Hadis va hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
12 May 2022, 02:45 | Savol-javoblar | 188 | Oila va turmush