Uylanish, oq bo‘lish

Assalomu alaykum! Yaxshimisiz, onam vafotilan oldin vasiyat qoldirgandi. Vafot etganimdan so‘ng dadang boshqa ayolga uylansa oq qilaman degandi. Dadamni onasi va opalari uylantiramiz deyishyabdi. Qanday yo‘l tutay, men o‘g‘liman?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Onangizning bunday deyishga zarracha ham haqqi yo‘q edi. Tirikligida shu uchun oqq qilsa ham o‘tmas edi. Bemalol dadangizga munosib ayol topib uylab qo‘yishingiz mumkin. Vallohu a’lam!

9 Oktabr 2023, 17:11 | Savol-javoblar | 0 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar