Bergan qarzini so‘rash gunohmi

Assalomu alaykum! Men 3yil avval bir qarindoshimga 1800 dollr qarz berganman shu paytgacha sharoit qiganda berib qolar deb kutdim. Ammo yaqinda pulimni so‘rab boshladim chunki o‘zimga ham pul kerak. Rassiyada ishliman yangi ro‘zg‘orman ortiqcha pulim yo‘q. Men undan pulimni berishini so‘rab talab qilganimda men Allohni oldida gunohkor bo‘lib qolamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Albatta so‘rang. Sizni so‘rashingiz u uchun eng katta yaxshilik qilish hisoblanadi. Agar qarzdor bo‘lib vafot topsa quyidagi hadis hukmiga kirib qoladi:  وَلِلنَّسَائِيِّ: وَالَّذِي نَفْسِي بِيَدِهِ لَوْ أَنَّ رَجُلًا قُتِلَ فِي سَبِيلِ اللهِ، ثُمَّ أُحْيِيَ ثُمَّ قُتِلَ، ثُمَّ أُحْيِيَ ثُمَّ قُتِلَ وَعَلَيْهِ دَيْنٌ مَا دَخَلَ الْجَنَّةَ حَتَّى يُقْضَى عَنْهُ دَيْنُه  Nasaiy qilgan rivoyatda:
«Mening jonim qo‘lida bo‘lgan Zot ila qasamki, agar bir kishi Allohning yo‘lida qatl qilinsa, so‘ng tiriltirilsa, yana qatl qilinsa va tiriltirilsa, so‘ng yana qatl qilinsa-yu, uning zimmasida qarzi bo‘lsa, qarzi ado etilmaguncha jannatga kirmas», deyilgan.
Sharh: 
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning qasam ichib turib aytishlari ham bu ish qanchalik ahamiyatli ekanligini ko‘rsatadi.
Alloh taoloning yo‘lida shahid bo‘lish qanchalik ulug‘ maqom. Shahid uchun jannat eshiklari doimo katta ochiq. Lekin qarz ishi og‘ir. Agar inson Allohning yo‘lida bir emas, uch marta shahid bo‘lsa ham, qarzini ado qilmagan bo‘lsa, jannatga kira olmaydi. Unday odamning jannatga kirishi olgan qarzining uzilishiga bog‘liq bo‘lib qoladi. Qarzi uzilsa, jannatga kiradi, bo‘lmasa yo‘q.
Chunki qarz bandaning haqqi, bu haqni faqat o‘z egasi kechadi, xolos. Alloh taolo kechmaydi. Qarz olib, uni uzmay yurganlar bu haqiqatni yaxshilab anglab olmoqlari lozim. (“Hadis va Hayot” kitobidan).  Vallohu a’lam!

12 May 2022, 02:56 | Savol-javoblar | 163 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar