Rossiyadan savol
Assalomu alaykum! Ikki do‘stimiz Anas va Muxammadqodir. Rossiyada ishlab kvartirada ijaraga turardi, Muxammadqodir keyinchalik boshqa joydan ish topib o‘sha erga ketib, vagonda yashamoqda. Muxammadqodir Anasni oldiga bir ikki xaftada bir marta mexmonga kelib ketib turadi. Bu orada Anas Muxammadqodirni yashash joyidagi kir yuvishga, yuvinishga sharoiti yo‘qligini bilgandan so‘ng, uni kvartirasiga kelib yuvinib kiyimlarini yuvib, kvartira sharoitidan bemalol foydalinib ketishi mumkinligini aytgan. Biroq Muxammadqodir bu ish unga to‘g‘ri kemasligini aytgan. Ya’ni bu ish kvartira xo‘jayniga nisbatan xiyonat bo‘lishi mumkinligini sabab qilib ko‘rsatgan. Kvartira sharoitidan faqat kvartirada yashayotganlar foydalanishga haqli deb hisoblagan. Vaholanki barcha kommunal to‘lovlarni kvartirantlarni o‘zlari to‘laydi. Savolimiz shuki Anas Muxammadqodirni mezbon sifatida chaqirib, kvartira sharoitidan foydalanishga ruxsat bersa bo‘ladimi yoki Muxammadqodirni fikri o‘rinlimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Kvartira egasidan bir qator so‘rab qo‘yish kerak. chunki egasi hozircha kvartirada turgan kishiga ruxsat bergan. Ijozat bersa boshqalar ham foydalanishi mumkin. Odatda mehmonlariga ham ruxsat bersagina joiz. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 05:45 | Savol-javoblar | 140 | Dolzarb savollar