Yangi yilni, ya’ni 1-yanvar kunini kutib olish tugrisida
Assalomu alaykum muxtaram ustoz! Kadrli shayx xazratlari! Sizga savol ila murojaat kilishga ijozat bergaysiz:1. Juma mav’izasida kuyidagi suzlar ma’ruza kilindi. Usha ma’ruza matnidan iktibos: «Xalqimiz ichida “Yangi yilni, ya’ni 1-yanvar kunini kutib olish, bayram qilish, bir-birini tabrik qilish musulmonchilikka to‘g‘ri kelmaydi, u xristianlarning bayrami kabi gaplarni gapirib yuruvchilar ham bor. Biz shu kabi kimsalarga yana bir bor eslatib qo‘ymoqchimizki, 1-yanvar xristianlarning bayrami emas, balki shamsiy-milodiy sana bilan yil hisobini yurituvchi xalqlarning hammasi uchun yil boshi sifatida qarshi olinadigan kun. Vaholanki, xristianlarning “Rodjestvo” kuni 25 dekabr yoki 7 yanvarga to‘g‘ri keladi. 1-yanvarni esa barcha dunyo xalqlari qatori biz ham yilning yangilanishi sifatida kutib olamiz va bir yil davomida qo‘lga kiritgan yutuq va kamchiliklarimizni bir sarhisob qilib olamiz. Dinimiz ta’limoti bo‘yicha har bir kunni qarshi olishda “Mana shu yorug‘ kunga salomat etkizganingga shukr”, - deb Alloh taologa hamdu sanolar aytishimiz lozim.Azhari sharif ulamolari nashr etgan “Bayonun linnos” nomli kitobda bu xususda musulmonlar uchun ancha kenglik borligi qayd etilgan. Dalil sifatida “Rum” surasining 1-5 oyatlari va hadisi shariflardan keltirilib, ikki hayitdan boshqa muhim voqea yuz bergan sanalarni bayram qilish va bayramlar diniy hamda dunyoviy sabablar munosabati bilan nishonlash durustligi zikr etilgan. Jumladan, Rum surasida shunday deyiladi: “Oldin ham, keyin ham ish Allohnikidir. O‘sha kunda mo‘minlar (rumliklarning g‘alabasidan) shodlanurlar Alloh (ahli kitoblarga) madad bergani sababli. (U) xohlagan kishiga madad berur. U Aziz (qudratli) va Rahim (rahmli)dir”.» Iktibos tugadi.Bayramlarni nishonlash xususida boshka dalillarni xam ukigandim. Ularda aytilishicha ikki xayitdan boshka bayramlarni nishonlash durust emas.Bugungi kunda Men sizning diningizni mukammal qilib berdim. Sizga ne’matimni batamom qildim. Va sizga Islomni din deb rozi bo‘ldim. (Moida surasi, 3-oyat)Kim Islomdan boshqa dinni xohlasa, bas, undan bu hargiz qabul qilinmas va u oxiratda ziyon ko‘rguvchilardan bo‘ladir. (Oli Imon surasi, 85-oyat)Abu Hurayra r.a. rivoyat qiladilar. Rasulalloh s.a.v.: “Ummatim o‘zidan ilgarigilarning tariqatini qarichma-qarich, qadlam-baqadam o‘zlashtirmagunlariga qadar qiyomat qoim bo‘lmaydi!”, dedilar. “Yo Rasulalloh, fors va rumliklar singari qavmlarning tariqatlarinimi?”, deyishdi. Janob Rasulalloh: “Ulardan o‘zgalarning ham!”, dedilar.Rasululloh s.a.v. dedilar “Kimki birovga taqlid qilsa, o‘zi ham o‘shalardan bo‘libdi” (Abu Dovud rivoyati)Yana shu mazmundagi xadisni ukigandim. Unda mazmunan aytilishicha paygambar s.a.v Madiyna axlining ikki bayramni nishonlashayotganligini bilib, ularga Allox uning urniga ikki xayitni berganini aytganlar. Musulmonlar e’tikodida xam ikki xayit va juma kunidan boshka bayramlar yuk va nishonlanmaydi xam.SAVOL: Yukoridagi Al Azxar jome’asi ulamolarining chikargan kitobidagi dalil xakida tuxtalib utsangiz. Xakikatda usha oyat ikki xayitdan boshka muxim sana va bayramlarni nishonlashga dalil bula oladimi? Yoki bulmasam bu kitobdagi dalil notugri dalil kilinganmi? Javoblaringiz uchun tashakkur! Umidjon Tursinov
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Jinoyatchi deb qarashsa, tashviqot qilmay qo‘yavering.
20 Aprel 2022, 20:00 | Savol-javoblar | 163 | Aqiyda
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Jinoyatchi deb qarashsa, tashviqot qilmay qo‘yavering.
20 Aprel 2022, 20:00 | Savol-javoblar | 163 | Aqiyda