Azon aytamanmi

Assalomu alaykum! 1 Men o‘qishga borishdan oldin masjidda peshin vaqti kirishi bilan o‘qiyman va o‘qishga ketaman shunda azon aytishim kerakmi, umuman boshqa paytlari ham uyda namoz o‘qiganda azon aytish shartmi. 2 Agar 4-para 17.35da tugaydi asr namozim qazo bo‘lyapdi shu vaziyatda nima qilishni maslahat berasizlar? 3 Darsimiz 13.00 da boshlanadi jumaga bormasam gunohkor bo‘lamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Azon aytish sunnati muakkada. Lekin masjidda bunga mas’ul odamlar aytadi. Siz o‘zingiz eshitadigan qilib ayting. Uyda namoz o‘qiganingizda, mahalla yoki yaqin joyda azon aytilsa o‘sha kifoya qiladi. Agar azon aytilmasa, aytishingiz kerak bo‘ladi.2). Namozni tark qilishga hech qanday uzr yo‘q. Imkonini topib o‘qishga harakat qiling.3). Juma bolig‘ erkak musulmon uchun vojib. Shar’iy uzrsiz tark qilsangiz, gunohkor bo‘lasiz. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 03:07 | Savol-javoblar | 153 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar