Rasrochka haqida

Assalomu alaykum! Rasrochkaga narsa beradigan do‘konlardan olgan mahsulotizga penya yo‘q deyishdi. Unda nobodo berolmay qolsacha desam unda bank aralashib sizga penya yozadi lekin bizani bankga aloqamiz yo‘q dedi. Shunga shubha bor. Lekin ko‘pchilik bu halol dep qilib yurishibdi. Shu ish joizmi ribo bop qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu ribo bo‘ladi. Bank peniya yozadi degani, pulning egasi bank degani. Bu ish shariatga to‘g‘ri kelmaydigan, harom ish. Bizni bankka aloqamiz yo‘q deganlar ham shu riboga sababchi va gunohkor bo‘ladi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 03:07 | Savol-javoblar | 152 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar