Qarg‘ishi o‘tadimi?

Assalomu alaykum! Man do‘konda sotuvchi bo‘lip ishliman, do‘konda narxlar belgilap qo‘yilgan (savdolashish mumkin emas). Bir onahon kirib sovda qildi va kam pul berdi so‘radm tushib ber dedi. Man tushib berolmayman desam tushunmadi va “birin ikki bo‘masin” dep qarg‘adi. Shu ayolni qarg‘ishi o‘tadimi, axir man oddiy ishchimanku tushib berganimda do‘konni haqidan egan bo‘lamanku?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zingizni narsangiz bo‘lmaganidan keyin tushib berolmaysiz. Noo‘rin va nohaqdan aytilgan doibad va qarg‘ishlarni ahamiyat yo‘q. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 03:18 | Savol-javoblar | 152 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar