Avtoremont
Assalomu alaykum! Men ustaxona ochgan edim. Remont uchun mashina keldi ayrim qismlari almashdi, eskisi bizda qoldi, olib ketish to‘g‘risida mijoz so‘ramadi yoki ishchi taklif bildirmadi. Ular yig‘ilib metallomga topshirildi, buni xukmi qanday bo‘ladi? 2. Ustaxona meniki, barcha shart sharoitlar mujassam oylik 50/50. Ovqat xama o‘z o‘ziga to‘lidi, arenda yo‘q. Ya’ni men sharoit yaratganim uchun sof foydani 50% va mexnat qilgan 50%ni oladi. Bu qanchalik to‘g‘ri? Bunda komunal to‘lovlar kimga bo‘lishi kerak? 3. Remont uchun kelgan mashina yonib ketib 2-3 mashinaga zarar etkazdi. Nima bo‘lib yongani xech kim ko‘rmagan, o‘sha yongan mashinani bir oz oldin ishchi svarka qilgan. Shoshilib ovqatlanishga chiqib ketkan, boshliq ko‘chada bo‘lgan va u aniq yoqmagan, lekin dorvoza ochiq bo‘lgan. Yoki xasad qilib boshqa ishchi yoqib yuborgan bo‘lishi xam mumkin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Egalaridan rozichiligini so‘rab qo‘yish kerak. 2). Buni xizmatlar ijarasi deb nomlanadi. Kommunalni ham kelishasiz. 3). Zarar ustaxona va ishchining ikkisiga ham bo‘ladi. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 03:29 | Savol-javoblar | 165 | Dolzarb savollar