Nomer ijarasi

Assalomu alaykum! Ustozlar pullik telefon raqamimni tanishimga nasiyaga oyiga 100$ dan 10 oyga sotkandim 5 oyini berdi qolganini to‘lomadi. Pulini xammasini qaytarip beramanmi? Lekin pulni qaytarishga kelishmaganmiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu ijara emas, nasiya savdodir. Qancha pul olgan bo‘lsangiz, hammasini qaytarib berib, tovarni qabul qilib oling. Undan kamaytirmang. Iqola. (Ya’ni savdoni qaytarib olish). Savdo to‘liq amalga oshganidan so‘ng sotuvchi va xaridordan hech biri yolg‘iz o‘zining roziligi bilan savdoni buza olmaydi. Yoqtirmay yoki to‘g‘ri kelmay savdoni buzishga haqqi yo‘q. Gohida xaridor biror narsani xarid qilganidan keyin nimadir sabab bo‘lib savdoni buzmoqchi bo‘ladi. O‘shanda sotuvchining roziligi ham bo‘lishi zarur. Sotuvchi va xaridor o‘zaro rozilik bilan savdoni buzishlarini “Iqola” -deyiladi.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Payg‘ambarimiz alayhissalomعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ ، قَالَ : قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : " مَنْ أَقَالَ نَادِمًا بَيْعَتَهُ أَقَالَهُ اللَّهُ عَثْرَتَهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ"  “Kim (savdosi sababidan) nadomat chekayotgan kishini savdosini bekor qilsa, Alloh taolo qiyomat kuni uning xatolarini avf qiladi”-deganlar. 
(Sunani Abu Dovud 4-jild, 218-bet).
Ya’ni, kimdir savdo qilganiga afsuslanib savdoni buzmoqchi bo‘lgan kishini savdosini buzib olgan narsasini qaytarib bersa, Alloh taolo qiyomat kuni uning xatolarini kechiradi, deyilgan. Iqola qilishda sotuvchi va xaridor qaysi narxga kelishib savdo qilgan bo‘lsalar o‘sha narxga ko‘ra savdoni bekor qiladilar. Iqolada o‘zaro kelishilgan narxdan kamaytirish yoki ziyoda qilish mumkin emas. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 11:06 | Savol-javoblar | 144 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar