Taloq tushadimi, tushgan bo‘lsa nikoh o‘qitilishi kerakmi?

Assalomu alaykum! Taloq haqida so‘ramoqchi edim, agar er ayoli homilador bo‘lib qolganida "bola kasal bo‘lib tug‘ilsa mani ayblaysan, aslida o‘zing aybdor bo‘lasan chunki mani aytganimga kirmay mandan yaxshigina gap eshitib siqilasan shunga o‘zing aybdor bo‘lasan, bolani oldirasan Toshkentga borganingda, agar oldirmasang senga taloq tushadi, men aytmasam ham tushadi" deb aytgan (o‘sha payt, bola bo‘lib qolganida psexatropniy modda qabul qilgan, ayoliga esa "zinoga borib qo‘yishimga ozgina qoldi va shu dorini qubul qilib o‘zimni tiydim va seni oldinga keldim" degan va yana ayolini boshqa bollari ham bor va uy ishlarini qilolmay qiynalgani uchun ham bolani oldirishini aytgan), ayoli esa Allohdan qo‘rqib bolani oldirmagan, eri ham "taloqsan" demagan ayoli Toshkentda bo‘lgan vaqtida, lekin "bolani oldir" deb aytgan, shu holatda ayolga taloq tushadimi? 2-savolim: Agar taloq tushgan bo‘lsa, ayoli Toshkentda 3 oy bo‘lib qaytishi kerak edi, qaytganda qaytadan nikoh o‘qitilishi kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taloqni biror shartga bog‘lansa shart topilishi bilan taloq tushadi, agar oldin boshqa taloq qilinmagan bo‘lsa, bir taloq tushadi, nikohlatib oladi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 03:40 | Savol-javoblar | 151 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar