Do‘stni ogohlantirish

Assalomu alaykum! Meni ishxonada bir do‘stim bor, bizni ishxona aksariyati erkaklar ishlaydi va do‘stimni ayoliyam bizni ishxonada ishlaydi ko‘p erkaklar bilan muloqotda bo‘ladi. Bir ikki marta begona erkaklar bilan karta o‘ynab o‘tirganini ko‘rdim achchig‘im keldi va bu haqda do‘stimga aytdim, asta yotig‘i bilan tushuntirdim ayolingni bu erdan olib ket dedim va ko‘rganlarimniyam aytdim. Endi do‘stim bilan xotini orasiga sovuqchilik tushib qolmasmikan, janjallashib qolsa aybdor bo‘lib qolmasmikanman deb hovotirdam. Men xato qildimmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Har bir er kishi mahramlariga shular qatorida ayoliga mas’ul, uni hayoti sog‘ligi dini va axloqi to‘g‘ri bo‘ishiga harakat qilib tarbiyalashi lozim. Shunday mas’uliyatida kamchilikka yo‘l qo‘ygan dindoshimizga odob bilan nasihat qilib mahramining xatosidan ogoh qilib qo‘yilsa va bu xabardan fitna chiqarish niyatingiz bo‘lmaganidan keyin, siz zimmangizdagi ishni qilgan bo‘lsaz va savob olasiz. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 03:40 | Savol-javoblar | 148 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar