Ota onadan xabar olish

Assalomu alaykum! Islomda ota-ona ziyorat qilish savob deyiladi. Ota onamizga qancha yaxshilik qilsak ham ularni qilgan mehnatlarini haqqini uzolmaymiz. Erimizni rozi qilish biz muslima ayollar uchun savob, lekin ota onamizdan xabar ololmasak, uyiga 2ta issiq non ko‘tarib, oylab bormasak, er uyiga kelib xabar olishsa er ensasini qotirib yoqtirmasa, biza ayollar nima qilishimiz kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ota-onaning xizmati ham vojib. Agar o‘g‘il farzandlari bo‘lmasa qizlarining zimmasiga vojib. Qizlariga ehtiyojlari tushgan vaqtda erining roziligi shart emas, xizmatlarini qilish vojib. “Fatavoi hindiya” kitobida ota-ona yurolmaydigan holatga tushishsa, qizlaridan boshqa farzandlari bo‘lmasa qizlarini zimmasiga xizmatlarini qilish vojib deyilgan. Xohlasin er o‘z mablag‘idan bersin yoki xotini mablag‘ topib ularga sarflashlashiga ruxsat bersin. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:49 | Savol-javoblar | 162 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar