Mustahabsiz tahorat

Assalomu alaykum ustozlar 1-Savol: kishi semizlikdan ozish maqsadida ramazon oyida ro‘za tutsa ushbu odamni ro‘zasi qabul bo‘ladimi?
2-Savol: bomdod namozida qilingan mustahab bilan peshinga mustahabsiz tahorat qilib peshin o‘qisa joizmi? Sababi hojatxonalar nopok va badbo‘y, kirishni iloji yo‘q, hidi kiyimga o‘rnab qoladi. Shunday xollarda qanday yo‘l tutgan ma’qul?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Ovora bo‘lib ro‘za tutgan musulmon faqat ozishni niyat qilmasa kerak. Qolaversa ro‘za tutganidan keyin o‘z-o‘zidan ozisa, zarari yo‘q. 2). U joyga ehtiyoj tushmasa tahoratni istinjosiz qilaveradi. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 10:25 | Savol-javoblar | 170 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar