Kvartiradagi vaziyat

Assalomu alaykum! Men toshkentda litseyda o‘qiyman. Shu erda kvartirada turaman. Kvartirada 4 kishi turamiz hammamiz namoz o‘qiymiz, eng kichigi menman qolganlari mendan 2 yosh katta, men o‘zim ovat pishirib qolganlarni ovqatga chaqiraman ular faqat eb ichishni biladilar men o‘zim tozalab yuvib qo‘yaman. Ularga buni birgalikda qilishni aytsam sen kichkinasan sen qilishing kerak deyishadi. Bir kuni ular bilan urishib qoldim shu bo‘yicha men ularga bas kelolmayman Xudoga solib qo‘yaverdim. Shu vaziyatda nima qilishni maslahat berasizlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Baribir shu ishlarni qilar ekansiz Xudoga solishni o‘rniga Alloh uchun deb qilib savobini olmaysizmi? Jahl qilsangiz ham g‘iybat qilsangiz ham foydasi yo‘q ekan. Yoki boshqa insofli solih insonlar bilan ijarada sherik bo‘lib yashang. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 14:02 | Savol-javoblar | 195 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar