Margarin

Assalomu alaykum! Maselko nomli margarin 14:41 / 20.07.2014 | Olim2712 | 3891 Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Hazrat biz somsa qilishda "maselko" nomli margarindan foydalanamiz. Men bu kompaniyaga telefon qilib, bu margaringa cho‘chqa yog‘i va mahsulotlaridan ishlatilgan yoki ishlatilmaganligini o‘sha erda ishlaydiganlardan so‘radim. Ular umuman ishlatilmagan deyishdi. Hazrat, biz ularning gapiga ishonib bu margarindan foydalanaversak bo‘ladimi? Agar ular bizga noto‘g‘ri ma’lumot bergan bo‘lsalar gunoh ularga bo‘lib bizga bo‘lmaydimi? U margarinning tarkibi yorlig‘da quyidagicha yozilgan: vыsokokachestvennыe rafinirovannыe dezodorirovannыe rastitelnыe jirы i masla, voda, emulgatorы ( E 472s, E 475), sol pievaya, sorbat kaliya, kislota limonnaya, aromatizator, beta- karotin. Iltimos hazrat, bizga bu borada yordam bersangiz va maslahatingizni ayamasangiz! Alloh sizdan rozi bo‘lsin! Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh: - Bo‘ladi. Shu javobga asoslanib maselko margarini solingan mahsulotlarni iste’mol qilayotgan edim. Endi öylab qoldim, bu chet el mahsuloti boshqa hayvon yogi qöshilgan bölsachi. Nima qilishni maslahat berasizlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Unda javob, savoldagi xodimning bergan guvohligidan kelib chiqib berilgan. Agar biror narsani haromligi ochiq-oydin aniqlanmasa uni harom deyilmaydi. Agar shubhalansangiz hazratimizga savol bergan kishidek o‘zingiz aloqaga chiqib, oxirigacha tekshirib aniqlab oling. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 04:13 | Savol-javoblar | 151 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar