Bemor onamning taxorat va namozi
Assalomu alaykum! Meni onam 7 yildan beri poliartrit kassaligi bilan og‘riydi. Hozirda o‘rnidan turib taxorat ololmaydi, turganda ham ikkita hassa bilan yuradi. Qanday taxorat olsa bo‘ladi? Tanasini pastki qismlarini qanday taxorat olinadi? Bunday xolatda namoz o‘qishi nima bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bir maxsus stul qilib o‘shanga tahorat sindirsa, dadangiz bo‘lsa dadangiz yoki qizlar avratiga qaramasdan stul ostidan qo‘lqop kiyib avratlarini yuvib qo‘yishi mumkin. Xuddi shuningdek tahoratni ham qildirib qo‘yishaveradi. Oyoqlariga mahsi kiyib olsa bir marta yuvib qolgani mash tortib qo‘yaveradi. O‘tirib imo ishora bilan namozlarni o‘qiyveradi. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 04:35 | Savol-javoblar | 195 | Tahorat