Namoz vaqti haqida hadis
Assalomu alaykum! Shayx hazratlari rohimahullohning "Mo‘minning me’roji" kitoblarida Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda: Nabiy sollallohu alayhi vasallam: Namozning avvalgi vaqti Allohning roziligidur. Oxirgi vaqti Allohning afvidir dedilar. Shu hadisni tushuntirib bersangiz ilitmos. Chunki men ko‘p xollarda peshin namozini oxirgi vaqtida o‘qiyman asr vaqti kirishidan 25-30 daqiqa oldin va shom namozini ham biroz oxiriga surib o‘qiyman sababi uzoq vaqt tahorat bilan yura olmasligim bir tahorat bilan ikki namozni o‘qish maqsadida, bunda hech qanday zarar yo‘q deb tushungan edim. Bunda savobi kamaymaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “Hadis va Hayot” kitobida quyidagicha keladi: عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: الْوَقْتُ الْأَوَّلُ مِنَ الصَّلَاةِ رِضْوَانُ اللهِ، وَالْوَقْتُ الْآخِرُ عَفْوُ اللهِ. رَوَاهُمَا التِّرْمِذِيُّ Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Namozning avvalgi vaqti Allohning roziligidir. Oxirgi vaqti Allohning afvidir», dedilar».
Ikki hadisni Termiziy rivoyat qilgan.
Sharh: Demak, Allohning roziligini topaman, degan odam namozni avvalgi vaqtida o‘qishi kerak. Noiloj qolganda oxirgi vaqtida o‘qish afv tariqasidagi ruxsatdir.XULOSA Mana, Alloh taoloning madadi ila namoz vaqtlari haqidagi hadisi shariflarning bir qismini o‘rganib chiqdik. Shu o‘rganish davomida quyidagi umumiy xulosalarga keldik, desak xato bo‘lmas:
1. Besh vaqt namozning har birini o‘z vaqtida o‘qish farz. Buni unutmaylik.
2. Har bir namozning avvalgi va oxirgi vaqti ichida, ya’ni o‘sha ma’lum chegaralangan vaqtda o‘qigan odamgina namozning farzini ado etgan bo‘ladi.
3. Alloh taolo bandalariga mehribonligidan namozlarning vaqtini bemalol qilib qo‘yibdi.
4. Namozlarning vaqti tabiiy omillar, ya’ni tong otishi, quyoshning chiqishi, qiyomdan og‘ishi yoki botishiga qarab belgilanganligi.
5. Namozlarning vaqti chegaradan chiqmay, turli hadislarda turlicha aytilganligi sharoitga qarab, turlicha ijtihod qilishga yo‘l ochganligi.
6. Bir mavzu bo‘yicha hamma hadislarni yaxshilab o‘rganib chiqmasdan turib, bir hukmni chiqarish durust emasligi.
Ushbu hadislardan bitta, ikkita yoki uchtasini o‘rganib turib, haqiqat mana shu, boshqasi noto‘g‘ri, deyishimiz mutlaqo xato bo‘lar edi.
Shuning uchun har bir narsada ham bir yoki ikki-uch hadisni o‘qib olib, hukm chiqarishga shoshilmaslik kerak. Uni Qur’on oyatlariga, boshqa hadislarga solishtirish, aytilish sabablarini atroflicha o‘rganish kerak bo‘ladi. Ulamolarimiz bu narsalarning hammasini chuqur va batafsil o‘rganib qo‘yganlar. Ulardan foydalansak, o‘zimizga oson bo‘ladi. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 04:35 | Savol-javoblar | 184 | Namoz