Xitoyga turmushga chiqqanning nadomati

Assalomu alaykum! Bu bir musofirdagi muslima ayol siz ustozlardan so‘rab berishimni iltimos qildilar, savol: Assalomu aleykum ustozlar meni savolim shunday men majburlik tufayli bir xitoylik yigitga turmushga chiqdim sababi singlim ham, xitoylik yigitga turmushga chiqgandi singlimni axvoli og‘rlashib qoldi unga yordam berb turaman dib majurligim uchun, men ham xitoylik yigitga turmushga chiqdim, xitoylik yigitni g‘ayri din dib o‘ylagandim, dinsiz ekan u yigit shahodat kalimasini aytib musulmon bo‘lgandan keyin turmush qurdim. Biz xitoyga keldik bu joylarda kofirlar orasida yashash og‘r ekan, keyin farzandlik bo‘ladigan vaqtimda birinchi farzandimni buyragi yo‘q deb oldirib tashladi men o‘zimga kela olmadim asabiylashim aqlimga sig‘mas edi farzandimni oldirib tashlashdi. Uyga qaytmoxchi bo‘ldim erimni qarimdoshlari meni juda qo‘rqitishdi, qo‘rqib qoldim, keyin yana farzandlik bo‘ldik hozi farzandim yahshi. Erim bilan ko‘p tortishib qolamiz, birinchi farzandimni oldirib tashlaganidan keyin uyga qaytaman deb ko‘p tortishib qolardim rozi bo‘las edi, u meni chunmaydi bu erda yashashni hohlamiman kofirlar bilan, erimga uyga qaytaman desam disam anik rozi bo‘midi chunki buni 3 yildan beri qarshilik qiladi meni ham farzandimni ham yubormaydi, bular holagan ishini qiladi holaganini yidi. Men erimga asta sekin ovqatlanishdan boshlab o‘rgatvotudim buni esa bo‘ladi buni eb bo‘lmaydi dib, men bu erga kelishdan oldin xitoy tilini bilmas edim, boshida bularni o‘rgatish qiyin edi, tushuntrish ammalab harakat qildim erimga chuntirishga. Meni diniy ilmim, endi islomni qabul qilgan odamga nimalarni o‘rgatish kereligini bilmiman, hozirgi kunga kelib musofir qiyinchiligi farzandim kelajagi meni juda qiynab yubordi. Hayolimdan haliyam chiqmaydi birinchi farzandimni oldirganimdan keyin asabiylashadigan gohida nafasim etmi qoladigan bo‘lib qoldim. Qo‘rqib qolganman menga o‘xshagan bir qiz xitoylik yigitga turmushga chiqib kelgandi u kasal bo‘lib aperatsiya qilishganda ichki azolaridan birini almashtirib qoyishgan ekan, buni O‘zbekistondayam tilvidiniya orqali aytishgandi, bu erlarda musulmonlar qiyin axvolda, bu dizsizlar bilan yashaganimdan ko‘ra ’’ O‘zbek musulmon erkakga 2, 3 ayol bo‘lib yashash afzal ekan’’ Shu sabab, men farzandimni olib erimga uyga borib kelaman dib bahona qilib uyga O‘zbekistonga qaytib borib, xitoyga qaytib kelmaslikni qaror qildim. Bu kofirlar bilan yashamoqchi emasman, uztozlar maslahat bering nima qilay? Bilaman savolim uzun hayotimni gaprdim kechringlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shunday qilsin. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 11:22 | Savol-javoblar | 151 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar